92
Ishlash uchun uch xil: uchi ingichka, kichkina qaychi – gazlamalardagi ipni
qirqish
va tortib olish uchun; uchi qayrilgan о‘rtacha kattalikdagi «tuya bо‘yin»
qaychi – kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi – gazlama va
kalava iplarni qirqish uchun qaychilar kerak bо‘ladi. Ular bir-biriga о‘rtasidan ving
bilan biriktirilgan ikki tig‘dan iborat. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig‘larning
uchi tо‘la yopiladigan bо‘lishi kerak.
Santimetr lenta - tikish ishida buyum о‘lchamini
aniqlashda va gazlamaga
bezakni rejalab joylashtirishda foydalaniladi.
Millimetrli qog‘oz – geometrik, sanama naqsh tuzishda kerak bо‘ladi.
Mayda bezakli gazlamada kо‘chirishda kopirovka qog‘ozi kerak bо‘ladi.
Ayrim hollarda sellofandan ham foydalanish mumkin.
Katta kashtalarni kosa yoki tarelkalar bilan joyini aniqlab olib, tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri gazlamaga chiziladi.
Gazlama – bir xil rangdagi satin,shoyi, parcha, bо‘z, chit, baxmal kabi
gazlamalar ishlatiladi. Gazlamalar rangi tikiladigan
buyum vazifasiga qarab
tanlanadi.
Masalan: katta kashtalar uchun ochiq rangga nisbatan tо‘qroq rang tanlash
qulay. Chunki bu kashtalarni devorga osib qо‘yilishi va kattaligi uchun
yuvilmasligi mumkin. Changni va kirni kо‘p ma’lum qilmaydi,
hamda bunday
fonda ochiq rangli naqshlar juda yarashadi.
Deraza pardalari ochiqroq rangda tanlangani ma’qul, xonani qorong‘i qilib
kо‘rsatmaydi. Har qanday kashta uchun ham chо‘zilmaydigan, yuvganda rangi
chiqmaydigan, suvga kirmaydigan, kо‘pga chidaydigan gazlamalardan foydalanish
kerak.
Iplar asosan kashta tikish uchun tabiiy tola (ipakdan) va sun’iy toladan qо‘lda
yigirib tayyorlanadi. Ipak mahalliy sharoitda yetishtiriladigan pilladan quyidagicha
bosqichlarda tayyorlab olinadi: pillani qaynatib oqlash,
titib yigirish, urchiq bilan
yigirish, chappa qilish, ipni tekislash, ranglash, ipni о‘rab kalava qilish. Sun’iy
tolani Navoiy shahar ximiya ishlab chiqarish sanoatining chiqindisidan olinadi.
Tabiiy tolaga qaraganda sun’iy toladan ip tayyorlab foydalanish qulay hisoblanadi.
93
Sababi – bu tolalar rangli bо‘lib, ranglashning hojati yо‘q, shu bilan birga yigirish
oson bо‘lib u ham chidamlidir.
Ipning rangining chidamliligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, ip
olayotgan vaqtda namlangan oq gazlamaga artib qо‘yish kerak.
Agar rangi
chiqmasa ipning о‘zida rang ushlash qobiliyati yaxshi hisoblanadi va ip gazlamani
yuvganda rangini о‘zgartirmaydi.
Agarda ipni namlangan oq gazlamaga artib qо‘rish vaqtida rangi chiqsa,
unday iplarni yuviladigan kashtaga ishlatmasdan, katta kashtalarga ishlatish
mumkin.
Muline iplari chidamli, rangi chiqmaydi. Bu ipning bо‘yog‘ini chidamliligini
tekshirish uchun ipni quyoshga qо‘yiladi: bunda ip oqarmasdan о‘z rangida qolishi
kerak. Hozirgi vaqtda kashta tikishda jun tolali iplardan ham foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: