Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Kashtalardagi naqshlar. 
“Naqsh” - sо‘zi lotincha “ornament” (bezak) 
deganidir. Kashta tikish uchun avvalo unga naqsh chiziladi. Kashtalardagi 
naqshlarni kо‘proq tabiatdan olishadi. Masalan: gullar, shoxlar, barg va mevalar, 
ularni bir-biri bilan bog‘lovchi va tо‘ldiruvchi jingalaklar, tо‘lqinsimon, 
spiralsimon elementlar qо‘shib chiziladi. Geometrik shakllardan uchburchak, 
kvadrat, yulduzcha, kо‘p qirrali yulduzlar, aylana hamda jonivorlar tasviridan 
foydalanish mumkin. Shu kashta naqshlarini kashtada realistik tasviriga erishish 
qiyin, aynan tasvirlash kashta tikish vazifasiga kirmaydi. 
Bezaklar 
takrorlanuvchi, 
takrorlanmaydigan, 
simmetrik 
muvozanat 
tamoyilida tuzilgan, burchakbop tuzilishda, chirmashib ketgan kо‘rinishda chizib 
tikiladi. 
Kashtaga naqsh chizishdan oldin uning umumiy badiiy yechimini о‘ylab 
kо‘rish, bezakni buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarni necha 
qismga bо‘lib chizishni о‘ylab bezak tanlash kerak. Bezakda о‘simlik va 
jonivorlarning tasvirini yoritishda gazlama fakturasiga, tikish texnikasiga bog‘liq 
bо‘ladi. Masalan, atirgul bezagini ikki xil gazlamaga: sochiq va tekis fakturali 
gazlamaga chizib tikilsa, ikki xil kо‘rinishda chiqadi. Sochiqqa sanama choklar 


90 
bilan aynan shu bezakni kо‘chirib tikilsa, uning shakli va tasviri boshqacha 
chiqadi. Tekis gazlamaga tekis choklar bilan tikilgan atirgul bezagi esa biroz 
atirgulga о‘xshashi mumkin. Demak, gazlama tuzilishi ham tikish texnikasi ham 
kashta bezagini tikib tasvirlashda katta ta’siri bor ekan. 
Kashta bezaklarini gazlamaga chizishdan oldin joyi aniqlanib, tо‘rtburchak 
chegaralar, yо‘llar chizib olinadi. Tanlagan bezaklar kerakli joylarga taqsimlanib 
chizib chiqiladi. 
Qadimdan palak, sо‘zana kabi katta kashtalarda aylana, uchburchak kо‘p 
qirrali yulduzlardan kо‘proq foydalanilgan. Hozirgi vaqtda chizmakashlar yangi 
elementlar bilan qadimdan foydalanilgan bezaklarni bog‘lab о‘zgacha kashta 
bezaklari hosil qilishmoqda. Kashtachilikning rivojlanishi yо‘lida yangi-yangi 
kashta naqshlarini о‘ylab topib, о‘zlari chizgan kashtalarda namoyon qilmoqdalar. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin