50
3. Ularni ijodiy tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish
asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
Qayd etilganlardan ma’lum bо‘lmoqdaki, о‘quvchilar: bilim malaka,
kо‘nikma, kasb, ixtisoslik va boshqa atamalardan о‘rnida ishlatilish usullarini
mukammal qо‘llanish о‘rganishlari lozimdir.
Shunda bilimlar, mehnat kо‘nikmalari va malakalarini teshirish о‘quvchilarga
mehnat ta’limi berish va ularni tarbiyalash sifatini oshirishning eng muhim
vositalaridan biri hisoblanadi. Mehnat ta’limi natijalarini о‘z vaqtida tekshirish
о‘quvchilarda bilimlar va mehnat kо‘nikmalarining sifati uchun javobgarlik hissini
rivojlantirishga yordam beradi, ularning intizomini yaxshilaydi va о‘zlariga
nisbatan talabchan bо‘lishga о‘rgatadi, ishda kamchiliklarga yо‘l qо‘ymaslikka va
о‘zini doimiy ravishda kamol toptirib borishga undaydi.
Bilimlar va kо‘nikmalarni tekshirish о‘quvchilarga tayyorgarlik darajasini
aniqlashga yordam beribgina qolmasdan, shu bilan birga yana bir muhim vazifani -
ilgari о‘zlashtirilgan bilimlar va mehnat kо‘nik-malarini mustahkamlash vazifasini
ham bajaradi.
Dostları ilə paylaş: