39
Garchi о‘quvchilarning mehnatga doir о‘quv materialini о‘rganishda aniq
idrok etish ustunlik qilsa ham, har xil yoshdagi abstrakt tafakkur elementlarini ham
tarbiyalashni unutmaslik kerak. Bunda maxsus ishlab chiqilgan konstruktorlik
texnologik tarzdagi topshiriq о‘quvchilardan hisob-kitoblar qilish, detallar
eskizlarini, ularni tayyorlashning texnologik jarayonlarini tuzishnigina emas, balki
konstruktorlik yechimlarni amalga oshirishni ham talab qiladi.
Shunday qilib mehnat ta’limida aniq idrok etish bilan abstrakt tafakkur о‘zaro
bog‘lanishda ta’sir kо‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: