Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Nazariya va amaliyot birligi.
Mehnat ta’limining tarbiyaviy xususiyati 
mohiyati tarbiyaviy vazifalarni о‘qitishning mazmuni, shuningdek, о‘quv 
ishlarining tashkiliy shakl va metodlari orqali amalga oshirishdan iborat. 
О‘quvchilar mehnat ta’limi darslarida mehnatga oid turli texnik ma’lumotlar 
asoslarini о‘zlashtirishlaridan boshlanadi. Bu ma’lumotlar о‘quvchilarga mehnat 
ta’limi darsining boshlanishidagi kirish yо‘riqnomalarida hamda joriy 
yо‘riqnomalar vaqtida tushuntiriladi, о‘quvchilar olgan bilimlari asosida mehnat 
kо‘nikmalari, malakalarini muvaffaqiyat bilan egallaydilar amaliy topshiriqlarni 
bajaradilar. Bu bilan bilish nazariyasining muhim qoidalaridan biri nazariya bilan 
amaliyotning aloqasi amalga oshiriladi. Masalan, dasturdagi “Tokarlik vint qirqish 
stanogida ishlash” mavzusini olaylik. О‘quvchi agar tokarlik vint qirqish 
stanogining tuzilishi va ishlash tamoyilini bilsa, uni vint qirqishga sozlashni, ishlov 
berilayotgan materialning va qirqish asboblari yasalgan materialning yо‘nishini 
belgilaydi. О‘qituvchining yuksak g‘oyaviy siyosiy sifatlari va shaxsiy о‘rnagi 
ishlab chiqarish ta’lim jarayoni tizimini tarbiyalash va ta’lim ishlari rejimiga rioya 
qilish lozim. 
Mehnat darslarida о‘quvchilarga tushuntiriladigan texnik ma’lumotlar 
ularning muvaffaqiyat, ikkinchi tomondan esa egallangan amaliy tajriba dasturlagi 
navbatdagi texnik ma’lumotlarini yaxshi о‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. 
Har bir taraqqiyot bosqichiga о‘tishning sharti faqat mehnat unumdorligini 
muntazam oshirish va moddiy ne’matlar mо‘l-kо‘lligini yaratishdan iborat bо‘lib 
qolmasdan, balki yosh avlodga yuksak ahloqiy sifatlarni tarbiyalashdan ham iborat, 
bu eng avvalo jamiyat manfaatlari yо‘lida qilinadigan mehnat jarayonida 
shakllanadi. 
Mehnat ta’limi darslari о‘quvchilarni mehnat vositasida ahloqiy tarbiyalash 
uchun eng munosib obyekt hisoblanadi. Chunonchi otaliq tashkilotining ishlab 
chiqarish buyurtmalarini о‘quv ustaxonalarida о‘quvchilar kuchi bilan bajarish 


34 
ularda topshirilgan ish uchun ma’suliyat va iftixor hissini tarbiyalashga yordam 
beradi. Bunday buyurtmalarni bajarish natijasida о‘quvchilarda bir-birlariga о‘zaro 
о‘rtoqlik, yordam kо‘rsatish, umumiy mehnat natijalari uchun jamoa va shaxsiy 
ma’lumot, topshiriqni bajarishga tashabbus va ijodkorlik bilan yondashish kabi 
muhim ahloqiy fazilatlar shakllanadi. 
Mehnat ta’limi jarayonida о‘quvchilarda asbob-uskunalar, materiallar, 
ustaxona binolariga, о‘quv vaqtiga tejamkorlik bilan munosabatda bо‘lish hissi 
tarbiyalanadi. О‘quv ustaxonalaridagi mehnat madaniyati - ish о‘rnini tashkil etish 
va о‘quv 
mehnat mashg‘ulotlarini tо‘g‘ri rejalashtirish, mehnat ta’lim darslarini 
qо‘l asboblari bilan bir qatorda turli moslamalar bilan ta’minlash ham katta 
ahamiyatga ega, chunki ular faqat о‘quvchilarning ish sifatini yaxshilab 
qolmasdan, ayni vaqtda mehnat unumdorligini ham oshiradi. О‘qituvchining 
mehnat usullarni kо‘rsatish vaqtidagi shaxsiy namunasi, uning umumiy madaniyati 
о‘quvchilar uchun kuchli tarbiyaviy vosita bо‘lib hisoblanadi. 
Mehnat ta’limining tarbiyaviy xususiyati shundaki, mehnat tarbiyaviy 
vazifalarini о‘qitishning mazmuni, shuningdek, о‘quv ishlarini amalga oshirishdan 
iborat. Har bir taraqqiyot bosqichiga о‘tishning sharti faqat mehnat unumdorligini 
muntazam oshirish va moddiy ne’matlar mо‘l-kо‘lligini yaratishdan iborat bо‘lib 
qolmasdan, balki yosh avlodda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalashdan iborat. Bu 
eng avvalo jamiyat manfaatlari yо‘lida qilinadigan mehnat jarayonida shakllanadi. 
Mehnat ta’limi darslari о‘quvchilarni mehnat vositasida ahloqiy tarbiyalash uchun 
eng munosib obyekt hisoblanadi. 
Demak, о‘quvchi nazariy bilimga ega bо‘lgandan sо‘ng, bilimlarni 
mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazishda davom ettiriladi. 
Nazariyani amaliyot bilan bog‘lashning har xil shakllaridan foydalanish orqali biz 
о‘quvchilardagi bilim sifatini oshirishga erishamiz.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin