Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Mehnat ta’limi tamoyillarining umumiy tavsifnomasi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2. Mehnat ta’limi tamoyillarining umumiy tavsifnomasi. 
Mehnat va kasb 
ta’limi tamoyillari ta’lim berish nazariyasining boshlang‘ich qoidalari bо‘lib, ular 
о‘quv ishlarining mazmuni uning tashkiliy shakllarini va о‘qituvchi mehnat darsini 
tayyorlash va о‘tkazish vaqtida amal qilish lozim bо‘lgan metodlarni belgilab 
beradi. 
Mehnat ta’limining asosiy tamoyillari tarbiya maqsadlaridan kelib chiqadi va 
ta’lim jarayonining qonuniyatlariga asoslanadi. Mehnat - politexnika ta’lim 
о‘quvchilarni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan о‘ziga xos xususiyatlariga 
ega. 
Mehnat ta’limi tamoyillarini bayon qilishda ularning juftlashib о‘rganish 
tamoyilini tо‘g‘ri hisoblash kerak. Shunday qilinganda, mehnat ta’lim 


29 
didaktikasining ayrim tamoyillari о‘rtasidagi muayyan obyektiv aloqani kо‘rsatish 
imkoniyati tug‘iladi. Chunonchi, mehnat ta’limining onglilik, izchillik, faollik 
ta’lim berishning puxtaligi kabi didaktik tamoyillariga alohida ta’rif berganda ular 
о‘rtasida о‘zaro ta’sir qiladigan aloqani belgilab bо‘lmaydi. Aksincha, agar mehnat 
ta’limining tamoyillarini juft tarzda ularning asosiy qoidalari birligi nuqtai 
nazaridan kо‘rib chiqilsa, u holda mazkur tamoyillarning tizimi qо‘yidagicha 
bо‘lishi mumkin:
- mehnat ta’limining ilmiyligi - bu ta’limning ongliligi va faolligi, 
muntazamligi va puxtaligi;
- mehnat ta’limining kо‘rgazmaliligi va abstraktligi о‘quv tarbiya 
maqsadlariga qaratilgan unumli mehnat asosida ta’lim berish, mehnat ta’limining 
tushunarliligi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi shuni unutmasligi kerakki, о‘quv ustaxonalaridagi 
har qanday amaliy mashg‘ulotda yuqorida sanab о‘tilgan mehnat ta’limi 
tamoyillaridan bitta yoki ikkitasi emas balki о‘quvchilarga о‘quv materiallarini 
sifatli va tо‘la yetkazib berish imkonini beradigan didaktikaning butun tizimiga 
amal qilinadi. Mehnat ta’limi о‘qituvchisining didaktik tamoyillardan moxirona 
foydalana bilishi ularni bir-biriga tо‘g‘ri bog‘lab olib borishida namoyon bо‘ladi.
О‘qituvchi faqat о‘qitishning qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni 
amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib bera olishi ham muhim. Bunga 
ayrim yetakchi boshlang‘ich qonuniyatlarni chuqur tushunish va ularni о‘quv 
jarayonida qо‘llash orqali erishiladi. Bunday qonuniyatlar didaktikada ta’lim 
tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb nom olgan. 
Mehnat ta’limining quyidagi tamoyillari mavjud: 
1.
Ta’lim va tarbiya birligi 
2.
Ta’limning ilmiyligi va politexnik xususiyatga egaligi 
3.
Ta’limda tizimlilik va izchillik 
4.
Nazariya va amaliyot birligi 
5.
Yosh individual xususiyatlarni hisobga olish 
6. Onglilik va faollik 


30 
8. Ta’limda kо‘rsatmalilik
9. Bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishning mustahkamligi va 
puxtaligi 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin