18
6.О‘quvchilar о‘zlariga kasb tanlayotganlarida ularga qanday va kim
tomonidan metodik yordam kо‘rsatish kerak?
1.3.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashda tadqiqot metodlari
Reja:
1.
Pedagogik tadqiqotlar metodlarining mazmun mohiyati.
2.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashda qо‘llaniladigan
ilmiy tadqiqot
metodlari
3.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bosqichlari
Tayanch iboralar
: ilmiy-pedagogik tadqiqot, metod,
pedagogik kuzatish,
suhbat, test, eksperiment, matematik va statistik tahlil,
ijtimoiy tadqiqot metodi,
tarbiya jarayoni, mutaxassislik, sо‘rovnomalar,
hujjatlarni tahlil qilish, statistik
ma’lumotlar.
1. Pedagogik tadqiqotlar metodlarining mazmun mohiyati.
Xalq ta’limi
tizimini tubdan о‘zgartirish, uning rivoji uchun pedagogik, uslubiy,
psihologik
sharoitlarni yaratish talab etiladi. Amaliyotdan shu narsa aniq ravshanki, har
qanday ilmiy xulosa tajriba va ilmiy tadqiqotlarga asoslanadi. Pedagogikada,
xususan ta’lim va tarbiyada ilmiy tadqiqotlar hech qachon tо‘xtamaydi va uzluksiz
davom etaveradi.
Pedagogik tadqiqotlarning fan sifatida maktab va boshqa о‘quv
yurtlarining
faoliyati, uning maqsadi, dasturiy ma’nosi, о‘qituvchi va о‘quvchilar faoliyati,
tashkiliy shakl hamda ijtimoiy sharoitlar xizmat qiladi.
Didaktik faoliyat о‘qituvchi va о‘quvchilarning hatti-harakatlaridan iborat.
Bunday faoliyat natijasida о‘quvchilar bilim, iqtidor va kо‘nikmalarga ega
bо‘ladilar, о‘z dunyoqarashini, shaxsiy qadriyatlar tizimini shakllantiradilar. Taxsil
natijasida
о‘quvchi shaxsining turli xislatlari shakllantiriladi.
Bunday
о‘zgarishlarni kuzatish, hisobga olish pedagogik tadqiqotlarnnig asoslaridan
hisoblanadi. Yuqoridagi о‘zgarishlar, о‘qituvchining didaktik faoliyati ta’siridagi
19
va о‘z shaxsiy hatti-harakatlari ta’siridagi о‘zgarishlar
orasidagi qonuniyatlarni
ochishga, ularni taxlil qilishga imkon beradi. О‘quvchilar va о‘qituvchilarning
о‘quv ishlari sharoitlari, harakatlari, ta’lim mazmuni, metod va vositalari orasidagi
bog‘liqliklar, tabiat qonuniyatlari qanday obyektiv xarakterga ega bо‘lsa, shunday
obyektiv xarakterga egadir.
Ta’lim va tarbiyaga taalluqli hatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib taxlil
qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanishini Yan Amos
Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson
tarbiya fani
sifatida» asarlarida kо‘rish mumkin.
О‘quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosalar chiqarish uchun muntazam
ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan emperik tadqiqotlar
natijalariga asoslanish zarur.
Dostları ilə paylaş: