Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa san'ati.
Abduqayumova Shahrinso. Reja:
Musiqa san'ati haqida tushuncha.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolani kuylashga o'rgatishning samarali yo'llari.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa fanining asosiy vazifalari.
Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuyg‘u uyg‘otadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” – deya ta’kidlaydilar. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 1997 yil qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”lariga asosan ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o‘zgarishlar qilish yehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq – puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi.
Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, mazmuniga va his yetishiga katta ta’sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi.Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojida dastlab nutq va raqs bilan bog‘liq bo‘lgan yedi. Musiqa mehnat harakati ritmi bilan moslashib, bir maqsadga intilayotgan kishilarni bir-birlariga birlashtirishni osonlashtiradi. Nutq ohanglarini, mehnat jarayonlari ritmlari va musiqali ohanglarning umumlashuvi natijasida xalq musiqasi shakllanadi. Xalq san’ati manbalariga asoslangan musiqa hamisha jozibador bo‘lib, qalbda turli his-hayajonlar uyg‘otadi. Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy holatlarga taqlid qilish hollari bor, ammo masalaning mohiyati bular bilan belgilanmaydi. Musiqali obraz o‘zining aniq ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.