Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi
Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi.
Faoliyat turlari munosabatda bo‘lish faoliyati
buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat
oddiy mehnat faoliyati
o‘quv faoliyati
o‘yin faoliyati
bilish faoliyati
Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo‘ladi.
Shaxsni shakllan-tiruvchi omillar:
irsiyat nishonalari
ijtimoiy muhit
tarbiya
deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqelik, hodisalar majmui tushuniladi. “Muhit” tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro muhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.
Muhit
biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u muayyan darajadagi dastur goyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi.
Tarbiya
bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo‘lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning naslga (bolaga) o‘tish jarayonidir.
Irsiyat
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli
Tarbiya – inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya – aniq maqsadlarga ko‘zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo‘lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
Tarbiya ta’sirida muhit ta’siri bera olmagan fazilatlar o‘zlashtiriladi, ya’ni bilim, ma’lumot egallanadi.
Tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko‘rlar, gunglar ham o‘qitilib, sog‘lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini bartaraf etish mumkin.
Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.