Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Tuman metodika kabinetining ish mazmuni va vazifalari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə135/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

5. Tuman metodika kabinetining ish mazmuni va vazifalari.
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi. Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi. Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarda uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish tashkilotlarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi. Rejada maktabgacha ta’lim tashkilotlarni maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha tashkilotlarni qamrab olishi kerak. Rejada maktabgacha ta'lim tashkilotlar soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqaijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya tashkilotlarning kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin