Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə143/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Bajariladigan vazifalar: Mavzu asosida ma’lumotlarni o’rganish va O’zbekistonda MTTning rivojlanish bosqichlarini jadvalda tartiblash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim.aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish.

2- mavzu: Maktabgacha ta’limni rivojlantirish va moliyaviy ta’minlash. Smeta –davlat moliyaviy hujjat sifatida.
Smeta- MTTining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag’larini aks ettiradigan moliyaviy – me’yoriy hujjatdir. MTTda yozgi xordiq va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar bololar soni, ularning muassasalar qancha vaqt bo’lishi, tashkilot xodimlarining, necha soat ishlashi va ishning turiga ham alohida e’tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo’yicha amalga oshiriladi; «Ish haqi», «Ish haqidagi nisbatan ajratmalar», «Ma’muriy va xo’jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko’rgazmali vositalar va o’yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar». Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida taomnoma tuzish: «Ovqatlanshrish xarajatlari» moddasiga bolalarni ovqatlantirishga mo’ljallangan mablag’lar kiritiladi. Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me’yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotining turi, ish vaqti e’tiborga olinadi. Ovqatlantirish me’yori Sog’liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag’ miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta’lim guruhari bo’yicha jami bola soniga ko’paytiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti smetasiga barcha xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag’ ajratish ham kuzda tutiladi. Bu xalq, ta’limi va moliya bo’limlari tomonidan alohida ro’yhat bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlarga haq to’lash hisobiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanishlari mumkin.
1-Topshiriq:
1. Mavzuni yaxshilab o’zlashtirib daftaringizga B./ B. /B texnikasini qo’llash orqali yoriting va rasmga tushurib topshiriqlarga joylashtirasiz .
B./ B. /B texnikasini qo’llash qoidalari




Mavzu savoli

Bilaman

Bilishni
xohlayman

Bildim

1.

MTTlarni moliyalashtirish haqida PQ 3955- sonli qarorning o’rganilganligi










2

Smeta haqidagi bilimlarning o’rganilganligi










3.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish












Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin