Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə145/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

4- Mavzu: Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish. Turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkiliy tuzilmasi
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs hisoblanadi.Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo‘lishi mumkin.
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
- Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
- Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
- Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi.
- Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.
Topshiriq:

  1. Davlat MTTni tashkil etish tartibini “Klaster” metodidan foydalanib tavsiflab bering.

  2. Nodavlat MTTni tashkil etishning tartibini “Klaster”da tavsiflab bering.

  3. Ixtisoslashtirilgan MTTni tashkil etilishini “Klaster”da tavsiflab bering.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin