Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə153/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Topshiriqni bajarishdan maqsad: Bu topshiriqni bajarganda talabalar metodika kabineti ishini tashkil etish uning ish mazmuni va asosiy shakllari haqida ma’lumotlarni o’rganadi.
Topshiriqni bajarish tartibi: Mavzu asosida ma’lumotlarni o’rganing qisqacha konspetklashtiring va mavzu asosida bilimlaringizni nazorat qilish uchun BBB texnalogiyasini to’ldiring.

BBB texnalogiyasi bo’yicha mavzu bo’yicha o’z bilimlaringizni nazoratdan o’tkazing



Mavzu savollari

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni xohlayman

Metodik kabinet ish mazmuni










Tashkiliy pedagogik jarayonlar










Ta’lim tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik










Metodik birlashmalar












13- mavzu: Metodik kabinet ishining mazmuni va asosiy shakllari. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni
Maktabgacha ta'lim bo'yicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qo'llanmalar, amaliy taklif-tavsiyalar avvalo, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga taqdim etiladi. Ular vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, tasdiqlangandan so'ng maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tarqatiladi.
Metodik kabinet o'z oldidagi vazifalarni hal etishda materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga javob berishi, o'tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e'tibor berishi lozim.
Uslubiy-pedagogik yig'ilishlar asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun o'tkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning jismoniy-fiziologik,ruhiy va aqiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yig'ilishlar 1 yoshdan 2 yoshgacha guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har chorakda 1 marta o'tkaziladi. Yig'ilishlarda mudira, metodist va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham ishtirok etadi.
Metodik birlashma faoliyati metodist tomonidan nazorat etiladi. Mamlakatimiz hududidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini uslubiy ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tizimida maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin