Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə148/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

8 -mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari.
Uslubchi talablarni qo'yishda talabchan va qat’iy bo’lishi kerak. Rahbarning o‘ziga bo‘ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim hislati - talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirliq hayrixohlik odamlarga hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha tashkilotining ta’lim- tarbiyaviv faoliyatning samaradorligi, uning obro'si ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha tashkilot rahbar yadrosida birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga bog’liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash jamoada jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar vechimini taminlash kabi ijtimoiy-psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Uslubchi maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi.
«Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pe­dagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi, maktabgacha bolalar tashkilotidagi metodik xonaning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ’ibot qilish, turli yosh guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo'yicha ishni uyushtiradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin