Topshiriqni bajarishdan maqsad: Uslubchining shaxsiy komponentlari, kasbiy xususiyatlari, pedagogik qobilyatlarini chuqurroq o’rganasiz va rahbarlik rolini his qilasiz. Topshiriqni bajarish tartibi: Uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini mavzu asosida o’rganib chiqasiz. “Men uslubchiman” mavzusida insho yozasiz. Insho mavzusiga mavzuga oid bilimlarga tayanasiz, ijodiy yondashish.
9-mavzu: Pedagogik kengash shakllari Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogika kengashi huquqlari - Pedagogika kengashi maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini rivojiantirish yo'nalishining istiqbol rejasini belgilaydi.
- Maktabgacha ta'lim tashkilotining o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarning bajarilish yo'llarini belgilab beradi va ijrosini ta'minlaydi.
- Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi.
- O'z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi.
- Pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejasini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi.
- Maktabgacha ta'lim tashkiloti Ustaviga muvofiq pedagog xodimlarni rag'batlantirish va jazolash bo'yicha masalalarni hal qiladi.