Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlarining huquqlari va javobgarligi Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
-davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar] bo'linmalaridan, maktabgacha ta'lim tashkilotlardan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni belgilangan tartibda so'rash va olish;
-davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo'yicha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyatini o'rganish;
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
-bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo'yicha nodavlat ta'lim tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qilish;
-o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko'rib chiqish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari: -maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
-Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalariva Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
-maktabgacha ta’lim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
-maktabgacha ta'lim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha ta'lim masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
-tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yo'l xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi
Maktabgacha ta'lim bo'limlariga to'liq, rahbarlik maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri, nazoratchi, metodist tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi. Rejaning kirish qismida avvalgi o'tgan o'quv yiliga tavsifnoma, qaysi va nechta maktabgacha ta'lim tashkilotlar qurildi, metodik ishlar qay darajada olib borildi, ilg'or ish tajribalari qanday umumlashtirildi, tashkiliy-xo'jalik ishlari, Tuman kengashlari, umuman barcha bajarilgan ishlarga tahlil beriladi.
Tadbirlar: Tuman qaramog'idagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarni komplektlash qoidalari, bir qancha maktabgacha ta'lim tashkilotini nazoratga olish, ota-onalar tomonidan qarzlarning bajarilishini, pedagog xodimlarning ishlash, malakalarini oshirish ishlari va boshqa ishlar rejalashtiriladi.