Tuman kengashida ko'riladigan masalalar: Frontal-yalpi tekshirish - Yalpi tekshirish.
Tematik nazorat - Tanlangan mavzu bo'yicha.
Yozgi sog'lomlashtirish ishlari.
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik.
Maktabgacha ta’lim bo'limi va tuman sog'liqni saqlash bo'limlarining birgalikdagi kengashlari.
Pedagogik kengashlar. Maktabgacha ta'lim bo'limining yangi o'quv yili rejasi bilan tanishtirish. Birinchiyarim o'quv yilidagi metodik birlashmalar ishining hisoboti.
Yosh tarbiyachilar to'garagi va ota-onalar universitetining ish hisoboti. Bolalar ovqatini tashkil etishda SES xodimlarining tekshiruv natijalari. Seminar- mashg'ulotlar. Maktabgacha ta'lim tashkilotining ishida «Metodik kabinet» roli haqida. Bolalarni jismoniy jihatdan o'stirishda maktabgacha ta'lim tashkilotining roli haqida. Ilk yosh guruhlarida metodik ishlarni tashkil qilish yo'llari, rahbarlik har oy reja asosida o'tkazilib turiladi.
Ishlab chiqarish majlislari.Shanbaliklarni tashkil etish, yangi ishga tushirilayotgan obyektlarga yordam ko'rsatish va paxta kompaniyasiga qatnashish. Ulug' sanalarga tayyorgarlik ishlari boshqa masalalar ko'riladi.
Metodik ishlar. Metod birlashma ishida faol qatnashish (yil davomida). Metod birlashma rahbarlarining hisobotlarini tinglash. Hamma bo'limlar bo'yicha metodik ishlar sifatini oshirish. Ekologiya, iqtisodiy tarbiya bo'yicha ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish,
Ishlash malakalarini oshirish, Malaka oshirish kurslariga yuborish. Har bir tashkilot xodimlarining pasport, kartochkalarini tashkil qilish. Metod birlashma rahbarlariga tizimli yordam ko'rsatish. Yosh mutaxassislar bilan ishlash. Yosh tarbiyachilar to'garagini tashkil qilish. Jamoat faoli bilan ishlash.
Tematik va frontal-yalpi tekshirish ishlaridan instruksiyalash. Maslahatlar (turli xildagi savollar bo'yicha) har shanba kunida. Reja shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tasdiqlanadi. Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta'lim bo'limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta'limni yanada o'stirish, ish sifatini yaxshilash, ma'lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg'or pedagoglar mahoratini so'zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni, qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog'ligi haqida g'amxo'rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko'riladi. Kengashga xalq maorifi bo'limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi. Kengashda nazoratchi, metodist, kasaba uyushma qo'mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham o'zlarining fikr-mulohazalarini o'rtoqlashadilar. Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va metodist so'zga chiqadilar.