Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə85/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Tarmoq normativi – tarmoqlar mе’yori.
Istiqbolli rеja – uzoq muddatga tuziladigan reja
Smеta – moliyaviy hujjat.
Mavsumiy MTT – mavsumlar bo’yicha tashkil etiladiga maktabgacha ta'lim tashkiloti.
1.Smetani yuritishning xususiyatlari.
O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019- yil 22- oktyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019- yil 14-dekabrda ma’qullangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida” qabul qilingan Qonunning 26-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati yoritib berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika ba’zasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmaydigan ko‘chmas mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining qonunga xilof xarajatlari, o‘g‘riliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
- Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
- Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), grantlari hamda texnik jihatdan ko‘maklashish vositalari;
- Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin