Ixtisoslashtirilashtirilgan yo'nalishi: Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash- sog'lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi tashkilot hisoblanadi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari ularning ixtisoslashuviga (yo'nalishiga) ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
I tur: Nutqida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti;
II tur: Eshitishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti;
III tur: Ko'rishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti;
IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti;
V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti;
VI tur: Tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining muayyan turi bo'yicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun yetarli bo'lmagan hollarda quyidagi turlarni birlashtirish orqali ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etilishi mumkin:
I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar;
II va III turlar;
IV va V turlar, IV va VI turlar;
V va VI turlar.
Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etishda ularning har bir turi bo'yicha alohida guruhlarda korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish majburiy shart hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
24 soatli;
12 soatli;
10, 5 soatli.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.