Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə100/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari bo'lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g’risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim mazmuni maktabgacha ta'iimga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Tashkilot o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo'lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish
Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ustavi bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun belgilangan me'yordan ortiq bo'lmasligi kerak. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o'quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig'ida sog'lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar, ota- onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ustavida belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ushbu tashkilotning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu tashkilotda bo'lish vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin