Maktabgacha ta'lim tashkiloti: - o‘z Ustavida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilmaganligi;
- ta'lim dasturining to'liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlarining sifati;
- ta'lim jarayonini tashkil etishning qo'llanilayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;
- tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ta'lim jarayoni vaqtida hayoti va sog'lig'i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Maktabgacha ta'limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish sohasining metodologik asosini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi konsepsiya va nizomda ko'rsatib berilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim tashkiloti mustaqil ravishda o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bo'lmagan har qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir.
Nazorat uchun savollar: 1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari qanday maqsadlarda tashkil etiladi?
2. Binolarni loyihalashtirishda nimalarga ahamiyat beriladi?
3.Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi nizomning maqsad va vazifalarini izohlab bering?
4.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qanday yo’nalishlari bor
14-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI. REJA: 1. Uslubchinig ish olib borish usullari. 2. Maktabgacha ta’lim tashkilot uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari. 3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rivojlanishidagi ahamiyati. Tayanch tushunchalar: Medik-Pedagogik kengash - Tibbiy-pedagogik kengash.
Programm-metodik - dasturiy-uslubiy hujjat.
Kontingent - maktabgacha ta'lim tashkilotini bolalar bilan to'ldirish.