Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti: - maktabgacha ta'lim tashkilotlarini milliy madaniy- tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu jumladan, to'laqonli va ratsional, muvozanatli, sog'lom va to'g'ri ovqatlanishni ta'minlashga, asoslangan tibbiy ko'rsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda ko'ngilochar va bilim beruvchi mashg'ulotlar elementlari bo'lgan serharakat o'yinlar va mashqlar uyushtirishga yo'naltirilgan shart-sharoitlar yaratish;
- O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
Maktabgacha ta'lim vazirligining funksiyalari: Maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
-maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
-yagona davlat siyosatining asosiy yo'nalishlariga, shu jumladan, maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni ko'rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog'liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
-Vazirlik tizimiga kiradigan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
- maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari sifatli bajarilishini ta'minlash borasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari, maktabgacha ta'lim tizimi mutaxassislariga qo'yiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
- tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hamda ularning o'zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-texnik taraqqiyotdan. jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’limga qo'yiladigan davlat talablari, o'quv dasturlari, darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etadi;
- shu jumladan, axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning e'tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yo'li bilan idoraviy mansub ta'lim tashkilotlarida byudjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
- rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, maktabgacha ta’limning holatini qiyosiy tahlil qiladi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'i faoliyat ko'rsatishining ta'lim bilan bog'liq va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
- jurnallar, blankalar, o'quv-metodik komplekslar,byulletenlar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli bo'lgan o'quv qo'llanmalari e'lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojiantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;
- idoraviy mansub ta'lim tashkilotlarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;
- ta'mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish fasliga tayyorlash bo'yicha ishlarni, maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
- manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta'lim obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-ta'mirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ma'naviy-axloqiy va intellektual saviyasini oshirish maqsadida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni oshirish va maktabgacha ta'lim sohasidagi muammolarni aniqlash bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganilishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko'maklashadi, maktabgacha ta'lim masalalari bo'yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik o'rnatadi.