Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasida: -jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish sohasida maktabgacha yoshdagi bolalarni kamol toptirishda ruhiy- pedagogik va tashkiliy sharoitlarni ta'minlaydi;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-kommunikativ, bilishni rivojlantirish, nutq, o'qish va yozishga, chet tilining dastiabki asoslariga tayyorlash, badiiy-estetik va musiqiy tarbiya sohasida to'laqonli kamol toptirishni ta'minlaydi;
- bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi, bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni turli to'garaklar bilan qamrab olish bo'yicha tizimli faoliyatni tashkil etadi;
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining to'laqonli, oqilona, muvozanatlashgan, sog'lom ovqatlanishini ta'minlaydi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini har xil yo'nalishlardagi to'garaklarda shug'ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika choratadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida:
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlarga rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari tibbiyot xodimlarining malakasi muntazam oshirilishiga ko'maklashadi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin. Maktabgacha ta'lim Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta'minlash;
- davlat ta’lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish asosida ta'lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
- o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
- bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo'llab- quvvatlash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
- hududiy bo'linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish;
- idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko'maklashish, ularni rivojiantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.