Nazorat uchun savollar: 1. Metodik ish faoliyatiga nimalar kiradi?
2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodistiga ta'rif bering.
3. Maktabgacha ta'lim tashkiloti metodistining ta'lim- tarbiyaviy ishlarga rahbarligini misollar bilan tushuntiring.
4. Pedagogik kengash nima va uni o'tkazishdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti metodistining roli?
5. Pedagogik xodimlar bilan ishlash uslublarini yoriting?
15- MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TA’LIM SOHASIDAGI VAKOLATLARI. METODIKA UYUSHMASINING ISHINI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH. REJA:
1. Maktabgacha ta’limni boshqarish strukturasi va tamoillari 2. Maktabgacha ta’limni boshqarish madaniyati 3. Zamonaviy maktabgacha ta’limni boshqarish 4. Metodik uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim.aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish. 1. Maktabgacha ta’limni boshqarish strukturasi va tamoillari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga rahbarlik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi. Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF- 5198-son Farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabragi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Vazirlikning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari (keyingi o'rinlarda hududiy bo'linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim vazirligining vazifalari:
Vazirlikning markaziy apparati
Hududiy bo'linmalar "Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnali tahririyati;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash;
- zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o'quv- tarbiya jarayoniga joriy etish;