Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə118/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Operativ masalalar - kechiktirib bo'lmaydigan masalalar.
Metodik ish kompleksi - tarbiyachilarning bolalar bilan ishlashning aniq usul va uslublariga amaliy o'rgatish.
Tahlil - tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va muhokama qilish.
Qiyosiy nazorat - solishtirma nazorat.


1. O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari.
O'zbekistonda maktabgacha ta'limi bo'limlari asosan 1917-1918-yillarda tashkil etila boshlandi. 1917-yil 20-noyabrda Maorif Xalq komissarligi "Maktabgacha ta'lim" yuzasidan dekloratsiyani e'lon qildi. Bu dekloratsiyada "bolalarni ijtimoiy-tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug'ilgan kunidan boshlanadi” deyilgan edi. Maktabgacha ta'lim butun Xalq Maorifi tizimining birinchi bo'g'ini va tarkibiy qismi bo'lib qoldi. 1919-yilda qabul qilingan dasturda davlat tizimida maktabgacha ta'limning tutgan o'rni aniq belgilab berildi. Qabul qilingan dasturning 12-bo’limida Xalq Maorifi sohasida quyidagi vazifalar qabul qilingan edi. Birinchidan, ijtimoiy tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmoqlarini: yaslilar, tashkilotlar va shunga o'xshashlarni vujudga keltirish haqida yozilgan edi. Bu yillarda Xalq Maorifi Komissarligi oldida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik ko'rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va boshqa mas'uliyatli vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.
1918-yil 20-oktyabrda Turkiston Maorif Xalq Komissarligi qoshida respublikadagi maktabgacha ta'lim sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma'muriy organ sifatida "Maktabgacha ta'lim bo'limi" tashkil qilindi. Shu yillarda viloyat Xalq Maorifi bo'limlarining ko'pchiligi qoshida maktabgacha kichik bo'limlar tashkil etilgan edi. Bu tadbir Butun Respublikada maktabgacha ta'limning jonlanishiga yordam berdi.
Maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi uch asosiy yo'nalishida olib borildi:

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin