Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Tajribali metodistning tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə104/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Tajribali metodistning tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g'oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi. Metodist talablarni qo'yishda talabchan va qat’iy bo'lishi kerak. Rahbarning o'ziga bo'ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur.
Talabchanlik - bu qattiqqo'llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko'ra zarari ko'proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti metodistining ta'lim- tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi uning obro'si ko'p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo, butun maktabgacha tashkilot rahbar yadrosida birlik va o'zaro tushunishning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.
-Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta'minlash;
- jamoada jamoa fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag'batlantirish;
- qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash kabi ijtimoiy-psixologik masalalarni hal qilish metodist uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslahatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obro'liroq tarbiyachini biriktirish lozim. Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo'lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagog ishining ilg'or metodlari va usullarini egallashga, o'z bilimlarini doimo to'ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya turlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo'llash metodistning vazifasi hisoblanadi.
Lavozim vazifalari:
a) maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasi o'quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturlarining bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo'naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko'rsatish;
g) maktabgacha ta'lim tashkilotida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha yo'riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
d) ilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o'tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengash muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli ishtirokini ta'minlash;
j) maktabgacha ta'lim tashkilotida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish;
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo'yicha hamda maktabgacha ta'lim tashkilotida turli yosh guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta'minlash;
i) ta'lim tashkiloti faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin