Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Maktabgacha ta’limni boshqarish madaniyati



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə111/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

2. Maktabgacha ta’limni boshqarish madaniyati
Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash sohasida:
- fuqarolarning maktabgacha ta’limdan foydalanishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlari ba’zasida bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha har xil muqobil modellarni ishlab chiqadi;
- maktabgacha ta'lim tizimi faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishining dolzarb va istiqbolli ehtiyojlari tahlil qilinishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'limning amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlari va umumta'lim maktablarining 1-sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarga rahbarlik qiladi;
- raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshiradi;
- maktabgacha ta’lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash masalalarida ko'maklashadi,
- konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish orqali maktabgacha ta'lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini keng targ'ib qiladi;
- bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga jalb etish ko'lamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida axborot targ'ibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik ma’rifat bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha moslashuvchan, muqobil modellarni rivojlantirish maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida prognozlashtirish bo'yicha axborot-tahlil ishlari o'tkazilishini ta'minlaydi;
- davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini rivojlantirish masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini, tashkil etish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi.
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida:
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni rag'batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi;
- milliy mustaqillik g'oyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy barkamol yosh avlod tarbiyasining samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini ishlab chiqadi;
- o'qitishning zamonaviy ilg'or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishini ta'minlaydi;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda usullardan foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishda ular bilan yakka tartibdagi ishlarni ta'minlashga ko'maklashadi;
- ilg'or pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kamol toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
- maktabgacha ta'lim sohasida mutaxassislarning xalqaro tajribasini o'rganish maqsadida o'quv safarlarini tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini milliy madaniy tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash sohasida:
- o'quv dasturlari, o'quv-metodik adabiyotlarni pedagogika amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat qiladi;
-ilg'or pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy o'quv- metodik komplekslarni yaratish va o'quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarini rivojlantiruvchi o'yinlar va o'yinchoqlar bilan ta’minlaydi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi badiiy adabiyotlar bilan ta'minlashni tashkil etadi;
- bolalarni yot g'oyalardan himoya qilish, ularning ma'naviy dunyosini oshirish, milliy va jahon adabiyotini targ'ib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko'maklashadi, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tizimining jurnallarida Vazirlikning metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr etish orqali ilmiy- metodik axborotni yoyishga ko'maklashadi;
- qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab chiqadi va ularning ko'paytirilishini tashkil etadi;
- bolalar badiiy adabiyotlarini, o'quv-metodik qo'llanmalarni, didaktik o'yinlar va o'yinchoqlarni yaratish bo'yicha nashriyotlar, tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin