Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Zamonaviy maktabgacha ta’limni boshqarish



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə112/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

3. Zamonaviy maktabgacha ta’limni boshqarish
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog kadrlar bilan ta'minlanganligi monitoringini olib boradi;
-maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy- metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
- pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha ta'lim sohasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilg'or xorijiy tajribani joriy etishga ko'maklashadi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni professional tayyorlash amalga oshiriladigan kasblar va mutaxassisliklar ro'yxatini belgilaydi;
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazadi;
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish sohasida:
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqadi;
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta'minlaydi;
- har yili oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish borasida maktabgacha ta'lim sohasida takliflarni shakllantiradi;
- o'quv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'quv- tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga ta'lim va ilmiy- tadqiqot tashkilotlarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi;
- maktabgacha ta'lim sohasida mutaxassislarni ma'naviy va moddiy rag'batlantirish bo'yicha kasb mahorati tanlovlari o'tkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
- ta'lim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish bo'yicha asosiy talablarni belgilaydi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin