Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish -Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
-Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos, shaxsga yo‘naltirilgan kamol topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
-Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi.
-Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi.
- Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’lim yuklamasi bir haftalik ta’lim yuklamasining eng ko‘p ruxsat etilgan hajmidan va mashg‘ulotlarning eng ko‘p ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak.
-Uzluksiz ta’lim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkilotsi Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi.
-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga mudir joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.
-Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.
-Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:
1)Pedagogika kengashi;
2)Kuzatuv kengashi.