Nazorat uchun savollar:
1.Nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?
2.Nazorat qilishning maqsadi va vazifalarini izohlang.
3.Nazorat qilishda nazoratchi-metodistning tayyorgarligi nimalardan iborat? 4.Nazorat qilishning usullarini izohlang.
5.Nazorat qilish bosqichlari qaysilar?
6.Frontal-yalpi tekshirish deganda nimani tushunasiz?
7.Qaysi muddatlarda va qay tarzda yalpi tekshirish o'tkaziladi?
8.Tematik tekshiruvni izohlang.
9.АКТ va unga qo'yiladigan talablar nimalardan iborat?
10-MAVZU: MUDIRA – MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARI
REJA:
1. Mudira – maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.
2. Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishning nazariy asoslari
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim, aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish.
Tayanch tushunchalar:
Avtoritar - direktiv
Liberal - erkin ish yuritish
Demokratik - kollegial
Vaqt - bu shunday noyob resurski, uni pul singari jamg’arib bo’lmaydi. U bizning mavjudligimizning eng moslashmaydigan elementidir.
Vaqt omili - bu shunday resurski, u rahbarga qanchalik qimmatga tushsa, mazkur vaqtdan shunchalik samarali foydalanishga xarakat qiladi.
1. Mudira – maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.
Hozirgi zamon fanida “rahbar”, “lider” yoki “liderlik uslubi” va “rahbarlik uslubi” tushunchalarining nisbati yo’nalishidagi muammolar eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bularning ichida ko’proq ahamiyat kasb etuvchi B.D. Parigin fikriga ko’ra “lider ma’lum bir guruhda shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirib turadi, mikromuhitning elementi hisoblanadi, kutilmaganda vujudga keladi va uning holatining barqarorligi kamroq bo’lib, harakatlanishi guruhning kayfiyatiga bog’lik va u ko’proq guruhning faoliyatiga aloqador bo’lgan qarorlar qabul qiladi. Rahbar esa ijtimoiy tashkilot hisoblangan guruhlarda rasmiy munosabatlarni muvofiqlashtiradi”. Rahbar holatining barqarorligi ko’proq bo’lib, u ma’lum bir tizimda bir necha marta ko’proq vakolatlarga, qaror qabul qilish, buyruq berish, topshiriqlar berish, talab qilish huquqlariga ega. Qaror qabul qilish jarayoni bir-muncha murakkabroq bo’lib, ko’pgina, turli xil vaziyatlarni qamrab oladi va bu vaziyatlar faqatgina bitta guruhga tegishli bo’lmaydi. Rahbar ma’lum bir kengroq ijtimoiy tizimning kichik bir guruhida faoliyat ko’rsatsada, uning harakat doirasi keng hisoblanadi. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko’ra, liderlik jamoa faoliyatining samaradorligini oshirishda rahbarlik tushunchasini to’ldiradi. G.Kuns va S.O.Dannellarning aniqlashicha, “agar bo’ysunuvchilar rahbarlar tomonidan o’rnatilgan tartib- qoidalar va ehtiyojlarga ko’ra boshqarilsa, ular o’z imkoniyatlarining taxminan 60 yoki 65% darajasida ishlashi mumkin, ya’ni o’z ishida saqlanib qolish maqsadida, shunchaki o’z majburiyatlarini qoniqarli darajada bajaradi, bo’ysunuvchilarning imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun, rahbarlar liderlikni amalga oshirish bilan ularda tegishli mulohaza shakllantirishi zarur”.
Dostları ilə paylaş: |