Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə68/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg'ularini uyg'ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko'ra olishga, kuzata olishga, tanish bo'lgan voqea va hodisalarni solishtira olish malakalarini o'stirish, ko'rganlariga yakun yasay olish, fikrlash qobilatlarini o'stirishni tarbiyalash.
Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari.
Mudiraning ishini tematik tekshirishda:
a) mudiraning guruhlardagi ishlarini tekshirish. Mudira o'z vazifasida turli yosh guruhlarining hamma rolini, jarayonlari bilan alohida kuzatishi, tahlil qilishi kerak. Nazoratchi-metodist huddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo'llarini tekshiradi.
b) Sharoitning yaratilganligi;
v) tekshirilgan mavzu bo'yicha Pedagogik kengashda birgalikdagi muhokamasi;
g) Konsultatsiyaning ishlashini o'stiruvchi vositalar;
Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o'zi bilan muhokama qilinadi, keyin Pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif-mulohazalar ochiqchasiga, oshkora holda chaqiriladi.
Kerakli yo'llanma, metodik yordam o'z vaqtida ko'rsatiladi. Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud:
1) birlamchi;
2) ikkilamchi;
3) katta tekshiruv;
4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishini tekshirish yakuni bo'yicha АКТ tuziladi. Bu hujjatni tuzishda - tekshirish bo'yicha olingan ma'lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim- tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy-metodik, moliyaviy-xo'jalik faoliyatlarni kuzatish, suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o'rganib, tashkilot faoliyatiga aniq, isbotlangan xulosalar chiqariladi.
Akt 2 nusxada tuziladi: birinchisi, Tuman Maktabgacha ta'lim bo'limiga, ikkinchisi, bolalar tashkilotiga.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
Kuzatilgan jarayon.
Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
Ish mazmuni.
Tayyorgarlik.
Bolalarning bilim, ko'nikma va malakasi.
Tarbiyachining bilim, ko'nikma va malakasi.
Qo'llanilayotgan usul va usublar.
Yutug'i.
Kamchiligi.
Taklif va mulohazalar.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin