Frontal-yalpi nazorat qilishning yakuniy tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog'liqdir. Nazoratchi-metodist pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o'tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta’lim tashkilotining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va mulohazalar beradi. Nazoratlash natijasi akt bilan izohlanadi va ma'lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar, mulohazalar, ko'rsatiladi. Akt 2 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo'limiga, biri tashkilotga beriladi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta'lim- tarbiya ishning bir qismi bo'linishi nazorat qilish shaklidir. Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», «0'yin» xodimlarning mehnati va hokazo. Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o'tkaziladi.
Tekshirish yo'llari va savollari quyidagicha (mehnat tarbiyasi bo'yicha): Guruh rejalarini uzoq muddatni qamrab olgan holda tekshirish (chorak, yarim yillik).
Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash;
- Mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish; bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini ko'ra olish;
- Kundalik hayotdagi mehnat bilan ta’minlash va tahlil qilish;
- Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;
- Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;
- Bolalar o'yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish;
- Bolalar bilan individual suhbatlashish;
- Bolalar ishlarining tahlili;
- Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko'rish;
- Guruhdagi o'quv materiallarini tekshirish.
Nazoratchi-metodist guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib, unda ko'zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini qidiradi, osondan murakkablikka, oylik, istiqbolli ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi bo'lim rejadan tushirib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarni qidirib topishi kerak.
Rejani tahlil qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo'llari, haftalik rejadagi mashg'ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg'ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko'rish mumkin. Aniqiangan kamchiliklar o'z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik va xatolar keyingi oylarda takrorianishi mumkin. Mehnat bo'limini tekshirishda ko'rgazmalilik, kattalarning faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg'ulot- larni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko'rishda katta ahamiyat berish mumkin.