3. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishning nazariy asoslari Vaqt - bu shunday noyob resurski, uni pul singari jamg’arib bo’lmaydi. U bizning mavjudligimizning eng moslashmaydigan elementidir.
Vaqt omili - bu shunday resurski, u rahbarga qanchalik qimmatga tushsa, mazkur vaqtdan shunchalik samarali foydalanishga xarakat qiladi. Ba’zan rahbarga uning o’zida bor bilim va qobiliyatdan ko’prog’i talab qilinmaydi. U faqat o’zining ishdagi malakalarini takomillashtirib borishi, kamchiliklarga bahram berishi va avvalo vaqtdan samarasiz foydalanishga, uning bekor sarf etilishiga barham berishi talab qilinadi. Ta’lim tashkilotlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi ular sarflagan vaqt bilan pedagogik xodimlarning mehnat natijalari, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichlarining rivojlanishi, zamonaviy talablarga mos kelish o’lchovi bo’lib, bu o’z navbatida rahbarlar mehnatining natijasidir. Rahbarlar sarflayotgan vaqt, ular uchun zarur bo’lgan vaqt yoki vaqtning yetishmasligi kabi tushunchalarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bularning har biri o’ziga xos mazmun- mohiyatga ega bo’lib, barchasi vaqtdan qanday foydalanishga bog’lik holda tavsiflanadi.
Rahbar sarflayotgan vaqt Ta’lim tashkilotining faoliyatini takomillashtirish, pedagogik xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish uchun zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, moddiy-texnika ba’zani mustahkamlash va rivojlantirish, boshqa tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni yo’lga kuyish, yuqori tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan turli xil tadbir va yig’ilishlarga qatnashish, o’quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashish yo’nalishidagi barcha maktabdan tashqari holatda, ya’ni uyida, ko’chada va boshqa tashkilotlardagi faoliyatlari bilan barcha maktabdagi faoliyatlari uchun, u aqliy mehnat bo’ladimi, jismoniy mehnatmi, barchasiga sarflanayotgan vaqtdir.
Rahbar uchun zarur bo’lgan vaqt - ta’lim tashkiloti shart- sharoitlari va faoliyatining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, rahbarlar uchun zarur bo’lgan vaqtni, ya’ni bajarilishi lozim bo’lgan ko’pgina vazifalarning muddatini bugungi kungi rivojlanish, qisqa muddatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ta’lim tizimining rivojlanib borishi, rivojlanib borayotgan fan va texnika yutuqlari, rivojlanib borayotgan zamonaviy talablar, umuman olganda, kun sayin rivojlanib borayotgan zamon va takomillashib borayotgan yashash, mehnat qilish va o’qish shart- sharoitlarining o’zi belgilab beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ta’lim tizimidagi o’zgarishlar va fan-texnika yutuqlarini maktab amaliyotiga o’z vaqtida tatbiq etish, shuningdek, mazkur taraqqiyot bilan ta’lim tashkilotining parallel va bog’lik holda rivojlanib borish zaruriyati rahbar oldiga qo’ygan maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan vaqtni belgilab beradi.