1) boshqaruv maqsadlari;
2) moslashtirilgan boshqaruv axboroti;
3) nazorat standarti;
4) tez va aniq teskari aloqa;
5) nazorat axboroti (yaxlit tizimga kiritilgan alohida aniqlangan axborotlar tizimi bilan chekli chetga chiqishlar to’g’risidagi axborot; ta’lim-tarbiya jarayoni, egiluvchan va tizimlashtirilgan fikr);
e) natija mo’ljali orqali boshqaruv - bunda natijaga erishishning aniq yo’llarini belgilash birinchi o’ringa qo’yiladi. Bu loyiha aniq reja asosida vazifalar belgilash, nazorat tizimi, rag’bat va topshiriqlarni talab qiladi;
j) topshiriqlarni taqsimlash orqali boshqaruv - mustaqil ishlash imkoniyati, qobiliyati, huquqlariga ega bo’lgan hamda mas’uliyatni his qiladigan va javobgarlikni o’z zimmasiga oladigan xodimlar va shaxslar o’rtasida topshiriqlar taqsimlanishi;
z) muammoni hal qilish qoidalari orqali boshqaruv - bunda topshiriqlarni taqsimlash bilan birgalikda turli xil masalalarni hal etish usullarini, umumiy maqsadga erishish yo’nalishlarini o’z ichiga oladi;
i) motivlashtirish orqali boshqaruv - xodimlarning individual talablariga, ehtiyojlariga mos keladigan rag’batlarni tashkil etish orqali boshqarishni ko’zda tutadi;
k) muvofiqlashtirish orqali boshqaruv - tashkilot faoliyatining turli bo’g’inlari bilan kelishuvlar asosida nizolarning kelib chiqishini kamaytirish;
l) jarayonni o’zlashtirish orqali boshqaruvda rahbarning harakatlari aniq bevosita ta’sir ko’rsatish va nazorat qilishi orqali ajralib turadi;
m) shaxsiy rivojlanish orqali boshqaruv - bu boshqaruv turida shaxsning rivojlanishiga alohida ahamiyat beriladi, rahbar va xodimlarning o’z ustida ishlashi, shug’ullanishi faoliyatni yuqori darajada tashkil etishga xizmat qiladi.
Rahbarning uslubi - rahbar o’z faoliyatida insonlar bilan qo’llayotgan o’ziga xos faoliyat usullari tizimidir. Rahbarlik uslubi qarorlar tayyorlash, ularni qabul qilish va amalga oshirish jarayonida xatti-xarakatlari, muloqoti, so’zlash erkinligining berilishi, boshqa insonlarni eshitishda vujudga keladi. Rahbarlik uslublari boshqaruv faoliyatining eng zarur va asosiy tashkil etuvchi unsuri hisoblanadi va rahbar shaxsining individual xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Keltirilgan uslublardan birortasi ham ixtiyoriy sharoitlarda qo’llanilishiga, universallikka da’vogar bo’la olmaydi. Shuning uchun rahbarning muhim sifatlaridan biri turli xil
uslublardan foydalana olishi, turli xil vaziyatlardan, sharoitdan kelib chiqib ularni qo’llay olishi hisoblanadi. Rahbarlar u yoki bu uslubni tanlashda aniqlangan qator omillarni hisobga olishi zarur.
1.Vaziyat(stress, tinch aniqlanmagan). Masalan, vaqt ziq vaziyatlarda avtoritar uslub o’zini oqlaydi.
2.Topshiriq (aniq tuzilishga ko’ra). Murakkab topshiriqlarni bajarishda ekspertlarni jalb etish, davra suhbatlari tashkil etish kerak va bunda demokratik (kollegial) uslub zarur.
3.Guruh, (uning a’zolarining jinsi, yoshi, barkarorligi). Topshiriqlarning bajarilishiga qiziquvchi, o’zaro inoq jamoa uchun demokratik yoki (ijodiy jamoada, topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondashuvda) liberal uslubni tanlash maqsadga muvofik bo’ladi. Keyingi vaqtlarda turli xil tizimlarni boshqarishda “inson omiliga” ko’proq e’tibor qaratilmoqda.
O’z o’rnida e’tiborga olish zarur, boshqaruvda rahbarlik uslublari nafaqat tashkilotning rivojlanishiga ko’ra aniqlanadi, balki boshqa ko’pgina omillar ham mavjud bo’lib, ulardan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Boshqariladigan tashkilotning turi va o’ziga xos xususiyatlari. Masalan, harbiy, pedagogik, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot jamoalari turli xil rahbarlik uslublarini talab qiladi. Ilmiy tadqiqot jamoasida samarali bo’lgan uslub, harbiy jamoada samarasiz bo’lishi va aksincha bo’lishi mumkin.
2. Topshiriqlar, bevosita tashkilotning tez va navbatsiz bajarishi zarur bo’lgan topshiriqlar rahbarlik uslublarini tez-tez almashtirib turishni talab etadi, bular odatiy, navbatdagi topshiriqlardan farq qiladi.
3.Topshiriqlarni bajarish sharoitlari, tashkilot oldida turgan, topshiriqlarni bajarish uchun mavjud qulay, noqulay va og’ir sharoitlar o’ziga mos rahbarlik uslublarining ahamiyatini belgilaydi.
4. Faoliyat vositasi va usullari (individual, juftlik yoki guruhlar) ham rahbarlik uslublarini aniqlaydi. Boshqaruv faoliyatining uslublarini shakllantirish ma’lum darajada rahbarning yashash va mehnat qilish sharoitlariga asoslanadi (mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar, boshqaruv faoliyati muhiti va x-k.) va boshqaruv sub’ektining harakatlariga tizim orqali ta’sir ko’rsatgan holda uning individual uslublarini rivojlantiradi. Boshqaruv faoliyatining samarali uslublarini shakllantirishda rahbarning shaxsiy xususiyatlari, uning ma’lumoti, kasbiy malakasi, yoshi, sog’ligining holati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’zaro bog’liqliklar mavjud:
- boshqaruv faoliyatining uslubiy xususiyatlari bilan rahbarning boshqaruv faoliyatining asosini tashkil etuvchi tushunchalarning komponentlari, uning boshqaruv faoliyatining sub’ektiv modeli, xodimlarning shaxsiy xususiyatlari, samarali boshqaruv modellari o’rtasidagi bog’liqdir;
- samarali boshqaruv faoliyatining sub’ektiv modeli bilan boshqaruvning maqsadi va vazifalarini rahbarlarning tushunishi, ularning boshqaruv faoliyati holatlarini o’zgartirishga ta’sir ko’rsatuvchi muhitning o’zaro bog’likligi;
- rahbar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqaruv faoliyatining sub’ektiv modeli, boshqaruv vaziyatlarini belgilash, rahbar amalga oshirayotgan boshqaruv uslublari o’rtasidagi bog’liqdir. Umumiy holatda boshqaruv faoliyatining uslubi ko’p darajali asoslarni qamrab oluvchi murakkab tizim hisoblanadi. Rahbarlik uslublarining zamonaviy tez o’zgaruvchan sharoitlarda o’zgarishi jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, rahbarning shaxsiy xususiyatlarining yoshiga bog’liq holda o’zgarishi, professional boshqaruv faoliyati ko’nikma va malakalari, rivojlanishining ijtimoiy vaziyati, oilaviy holati, ma’lumoti va boshqa sabablar bilan belgilanadi.