Maktabgacha ta’lim muassasalar jismoniy tarbiya yo’riqchisining yillik ish rejasi
Bajariladigan ishlar mazmuni
Vaqti
1.Tashkiliy va meyoriy xujjatlar bilan ishlash
“Maktabgacha ta’limda qo’yiladigan Davlat talablari”ni o’rganib chiqish
Sentyabr-
Oktyabr
Jismoniy tarbiya yuriqchisi yuritishi lozim bolgan ish hujjatlarini tayyorlash ( 33- buyruq asosida
1-jadval)
Yil davomida
Sport zalini ko’rgazmali qurollar bilan boyitish va ko’rgazmali – didaktik meteriallarni yaratish
Yil davomida
Barcha yosh guruhlarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini interfaol usullarda o’tkazish
Yil davomida
Pedogogik kengash va seminarlarda muntazam qatnashib borish
Yil davomida
O’quv yili davomida yozma va og’zaki xisobotlar tayyorlash
Yil davomida
2. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda olib boriladigan ishlar
Bolalarning mashg’ulorga qiziqishini ortirib borish
Yil davomida
Bolalarning umumiy holatini tekshirish
Doimiy
Shaxmat, shashka to’garaklarini tashkil etish
Yil davomida
Mavsumiy chiniqtirish ishlarini olib borish
Yil davomida
Bolalarni sport bayramlariga jalb etish (08-03 ish rejasi
Yil davomida
Jismoniy rivojlanishda orqaga qolgan bolalar bilan alohida ishlash (08-04 daftar yuritish)
Yil davomida
“Оtаm-оnаm vа mеn spоrtchilarmiz”, “sog’lomjon va polvonjon”, “Kamolot va kamalak”, “Alpomish va Barchinoy
Sport musoboqalarini uyushtirish (08-03 ish rejasi asosida)
Mart aprel may
3. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar
Guruhlarning ota-onalar majlisida qatnashib borish
Chorak davomida
“Ota-onalarni chiniqtirish”, “otam onam va men sportchilarmiz ”, mavzusida davra suhbatlarini yuritish
Yil davomida
Iqtidorli bolalar ota-onalariga maslahat berish
Yil davomida
4. Тарбиячи билан ҳамкорликдаги бажариладиган ишлар
Mashg’ulotlarni tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borish
Yil davomida
Bolalarning umumiy holatini tekshirish
doimiy
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda eng avalo maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan meyoriy xujjatlar “Maktabgacha ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari” hamda Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturiga asosan bolalar yoshlari doirasida asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish-emaklash, to‘siqlardan oshib o‘tish milliy, harakatli hamda tinch o‘yinlarni nomini bilishi va o‘ynashi zarur deb ko‘rsatilgan.
Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda mashg‘ulotlarga taqsimlab chiqishda ko‘proq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish vaqtida faqat mashg‘ulot o‘tkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni), bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga har bir harakat malakasini izchillik bilan shakllantirishga ham e’tibor berish kerak. Bunga murakkabligi tobora ortib boradigan mashqlar va o‘yinlarni ko‘proq tanlash orqali erishiladi.
Mashg‘ulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga muvofiqroq ravishda qo‘shib olib borishni ko‘zda tutish, shuningdek, bolalarning yuksak darajadagi faolligini ta’minlovchi uyushtirish usullarining qo‘llanishi ham katta ahamiyatga egadir4.
Materialni takrorlash ham muhim rol o‘ynaydi. Ayni bir harakatni taxminan oradan 3-4 hafta o‘tgandan keyin ba’zi - bir takrorlab turgan ma’qul. Har bir o‘rganiladigan harakat turiga bir nechta (ikki-to‘rt) izchil bajariladigan mashg‘ulotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Odatda mashg‘ulotlar uchun bolalarni o‘qitishning har xil bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar tanlanadi: topshiriqlarnipg biri ko‘pincha yangi mashqlarni o‘rganish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘ladi, boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Materialni taxminiy taqsimlash rejasida har bir yosh gruppasi uchun faqat asosiy harakatlar bilan bog‘liq topshiriqlar, shuningdek, harakatli o‘yinlar berilgan.
Mashg‘ulotlar uchun belgilangan umumiy rivojlanish mashqlarining mazmuni mashg‘ulotning asosiy maqsadiga bo‘ysundiriladi, u bolani asosiy mashqlarga tayyorlamog‘i lozim.
Yosh guruxlari uchun tuzilgan rejada haftasiga ikki marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu rejalashtirishda birmuncha o‘zgartirishlar bo‘lishi uchun kerakli erkinlikni ta’min etadi. Ikkinchi mashg‘ulot birinchi mashg‘ulotning mazmunini to‘la takrorlashi ham mumkin. Bolalar o‘tgan mashg‘ulotlarda o‘rgangan harakatlarni takrorlab, faol ravishda mashq qilib olishlariga imkon yaratish uchun shunday qilinadi. Ba’zan ikkinchi mashg‘ulotning mazmuni qisman o‘zgartiriladi: mashg‘ulotning kirish qismiga boshqa yangi mashqlar kiritiladi yoki umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun boshqa mashq tanlanadi, asosiy harakatlarga o‘rgatish vaqtida bolalar jamoasiini uyushtirish uslubi o‘zgartiriladi. Boshqa mashg‘ulotdagi asosiy harakatlar qo‘shimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari barcha guruhlarda haftasiga 2 marotaba bolaning fiziologik holatiga qarab hafta kunlariga bo‘linadi. Maktabgacha ta’lim muassasaslarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi mashg‘ulotlarni bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya tizimida - kun tartibi, an’anaviy mashg‘ulotlar, mujassam mashg‘ulotlar, chiniqtirish (tabiiy va sun’iy), jismoniy mashqlar, madaniy gigiyenik ko‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar, davolovchi gimnastika, ritmika, sport o‘yinlari tashkil etiladi.
Maktagacha ta’lim muassasalarida noa’nanaviy jimsmoniy tarbiya mashg‘ulotlarini 2-3 turdagi tashkil etish muhumdir yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan noa’nanaviy mashg‘ulotga o‘xshamaydigan tarzda tashkil etiladi Noa’nanaviy jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari ertak asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun bolalarning yosh xususiyatini inobatga olgan xolda bolalarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan asosiy xarakatni bajarishga mos keluvchi ertak tanlanib “Bo‘g‘irsoq” “Echki bolalari” “Qizil shapkacha” va jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tamonidan asosiy harakatlarni o‘rgatish uchun o‘ylab topilgan ertaklar asosida tashkil etiladigan noa’nanaviy jismoniy tarbiya mashg‘uloti deb hisoblaniladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini shakllantirishda yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda bolalarni yosh hususiyatidan kelib chiqqan holda yoritiladi.