Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisi maktabgacha ta’limga davlat talablari mazmuni:
-Maktabgacha ta’limi vazirligining maktabgacha muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantirish masalalariga oid metodik;
-me’yoriy, yo‘riqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini, bolalarni maktabgacha tarbiyalash pedagogika va psixologiyasi asoslari;
bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini;
sport-ommaviy tadbirlar o‘tkazish tartibini, zamonaviy va xalq bolalar sport o‘yinlari qoida va talablarini bilishi kerak.
Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: а) Kamida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumot;
b) Amaliy ish staji talab qilinmaydi.
Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining ish xudjatlarini yuritish tartibi: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 2 noyabrdagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida “gi 252-sonli hamda 2016 yil 4 fevraldagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida”gi 33-sonli buyruqlari asosida tarbiyachilarning ish hujjatlari belgilab berilgan