Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə115/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Multimediya so‘zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi.
2. Maktabgacha ta’limda multimediyalardan foydalanish.
Kerakli jihozlar: ko’rgazma, qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “Baliq skeleti” sxemasi hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. “Ha yoki yo‘q” talabalara aytilgan ta’rif bo‘yicha buyumlarni topadilar.Buyumlarga keng ta’rif berish kerak.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:
Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi. Ana shunday qurilma oʻrnatilgan kompyuter multimedia kompyuter deyiladi. Hozirda deyarli barcha kompyuterlar multimedia qurilmalar bilan taʼminlangan. Bularga SE-KOM, SE-K\U kompakt disklarini oʻqiydigan disk yurituvchi qurilmalar, tovush platalari, videokartalar va boshqalar kiradi. Keyingi vaqtlarda multimedia qurilmalar standartiga grafik tezlatgichlar va katta hajmli universal kompakt disklar ham qoʻshildi.
Multimedia – bu kompyuter yoki boshqa raqamli ma’lumotlar bilan ishlovchi boshqa texnik vositalar orqali taqdim etiladigan matn, tasvir, ovoz va videodan iborat murakkab ko‘rinishdagi ma’lumot xisoblanadi. Ma’lumotni yorqin tasvir va animatsiya, videotasvir va matn, o‘ziga jalb qiluvchi ovoz ko‘rinishida qa’bul qilish natijasida axborotni ong va tasavvurda keng xis qilishingiz mumkin. Agar bu jarayonga interaktivlik tadbiq qilinsa, u holda ta’sir doirasi yanada ortadi.
Multimedia deb - matn, tasvir, ovoz, animatsiya va videoning bir butun ko‘rinishiga aytiladi. Agar foydalanuvchi multimedia ilovani tomosha qilish bilan birgalikda uni boshqara olsa, u holda bunday ilovalar interaktiv multimedia ilovalari deyiladi. Agar ilovada strukturasida navigatsiya mavjud bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova Gipermedia deb ataladi.
Multimedia ta’rifiga ko‘ra oddiy tuyulsa ham, u bilan ishlash jarayoni murakkab hisoblanadi. Multimediani bilish bilan bir katorda multimedianing texnik va dasturiy vositalarini xam bilish lozim. Multimediali axborotlardan birgalikda ilovalarini yaratuvchilar mutaxassislarni multimedia yaratuvchilar deb ataladi.
Multimedia ilovalari kompyuter, TV ekranida, PDA (personal digital assistant) shaxsiy raqamli yordamchi, yoki mobil telefon orqali ko‘rish mumkin. Bundan tashqari multimedia ilovalari tijorat yo‘lida, yoki biror manzilga yetkazilishi maqsadida CD yoki DVD tashuvchilarda yoki ma’lumotni tortib olish uchun Internet tarmog‘iga joylashtirilishi mumkin.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin