IV.O’tilgan mavzuni mustahkamlab olish uchun savol-javob o’tqazish.
Muammoli ta’limning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Ta’limning bu turi bilan maxsus shug’ullangan olim M. Maxmutovning muammoli ta’lim bilan bog’liq qarashlaridagi izohlan.
Muammoli ta’limga Siz, bo’lajak tarbiyachi sfatida qanday qaraysiz?
Oddiy savol bilan muammoli savol orasida qanday tafovut bor?
Mavzu yuzasidan oddiy va muammoli savol tuzing. Oradagi farqni misollar asosida sharhlab ko’rsatib bering.
Maktabgacha ta’limda muammo yechimini tashkil etish yo’llariga e’tibor qarating. Bu jarayondagi muhimlarni ajrating. Har biriga alohida to’xtalib sharlang.
Maktabgacha ta’limda mashg’ulotlarni loyihalashda muammoli ta’limdan foydalanishning o’ziga xos jihatlarini izohlang.
V. Dam olish daqiqasi: “Sog‘lom ovqatlanish” mavzusiga oid o‘yinlar Bolalik davrida ham sog‘lom ovqatlanishga rioya qilish zarurligini shakllantirish juda muhimdir.
Maqsad: xotira, idrok va tasavvurni rivojlantirish; o‘yinda bolaning ta’m afzalliklarini aniqlash, bolalarda nutqni, e’tiborni, xotirani rivojlantirish.
Materiallar: to‘p. O‘yin jarayoni: 1. Barcha bolalar aylanaga turishadi.
2. Boshlovchi bola meva yoki sabzavot nomini aytib, to‘pni har bir o‘yinchiga navbat bilan uloqtiradi (pomidor, bodring, olma, karam, limon va boshqalar).
3. To‘p uloqtirilgan o‘yinchi uni ushlashi va nima uchun bu mahsulotni mazali va foydali deb bilishini tushuntirishi kerak.
4. O‘qituvchi o‘yinni kuzatib boradi va kerakli hollarda bolalarning javoblarini to‘ldiradi.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)