Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə122/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Qurilish, konstruktorlash va matematika markazi boshqa rivojlanish sohalari bo‘yicha integratsiyasiyalashadi:
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sohasi bo‘yicha:
    • Konstruktorli o‘yinlar yirik va mayda motorikani rivojlantiradi;


    • Ko‘z harakatlari muvofiqligini va harakatlarning aniqligini rivojlantiradi.


    • Elementlarni ushlash, ko‘tarish va o‘zaro moslashtirish jarayonida yetakchi qo‘l aniqlanadi;




Ijtimoiy va hissiy rivojlanish:
    • Bola quyidagilarni bajarganda ijtimoiy ko‘nikmalar yuzaga keladi:


    • tengdoshi bilan yonma-yon biron bir narsani qurganda, boshqalarning ishini kuzatganda va ulardan nusxa olganda, boshqa bolalar bilan birga faoliyatni rejalashtirib, uni amalga oshirganda, bir nechta sheriklar bilan birgalikda guruhda birga ishlaganda, boshqalar bilan birgalikda konstruksiyalardan foydalanganda, qurilish atrofida amalga oshadigan lavha-rolli o‘yinda ishtirok etganda.




Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish quyidagi jarayonlarda amalga oshadi:
- binolar va inshootlarning nomlari, qurilgan narsalarni muhokama qilish;
- bloklarning shakli va o‘lchamlarini tavsiflash;
-tengdoshlari bilan kelajakdagi qurilish rejasini muhokama qilish;
- yaratilgan tuzilish haqida hikoya va tushuntirishlar olib borish; h
-tegishli kitoblar bilan tanishish.
Kognitiv jarayonning rivojlanishi:
Bolalar quyidagi tushunchalarni egallaydilar:
    • o‘lcham, shakl, vazn, balandlik, qalinlik, fazo, yo‘nalish, namuna, reja;


    • muvozanat, balans, barqarorlik, o‘xshashlik, farq;


    • o‘lchov, hisob, tenglik (2 yarim blok bitta to‘liqga teng);


    • barqarorlik, tortishish, kuchlarning o‘zaro ta’siri, material xususiyatlari;


    • kuzatish, tasniflash, dasturlash;


    • bitta obyektdan har xil foydalanish (masalan, blokni gorizontal yoki vertikal ravishda joylashtirish);


    • ijodiy fikrlash va tasavvur.




Ijodiy rivojlanish:
- tabiiy va chiqindi materiallar bilan ishlash;
- bola bino qurishni rejalashtirganda avval uni aqlan tasavvur qiladi (yoki sxema, rasm asosida), uning qismlari shakli haqida o‘ylaydi, keyin u tasvirni mavjud shakllar bilan o‘zaro bog‘laydi, ularning moslik darajasini aniqlaydi va keyin o‘ziga xos tuzilishni yaratishga kirishadi. Boshqa rivojlantirish markazlari bilan integratsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhidagi barcha rivojlantirish markazlari matematikani o‘rganish imkoniyatlarini taqdim etadi:
Lavha-rolli va sahnalashtirish markazi: o‘zaro bir xil moslik “Uy” o‘yinida mustahkamlanishi mumkin. Misol uchun, qo‘g‘irchoqlar — karavotlarga, piyolalar — kofe quyayotgan onalar uchun. “Do‘konga” o‘yini hisobni, hisob jarayonlarini, fazoviy tushunchalar va pul tushunchalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ilm-fan va tabiat markazi: Turli o‘lchamdagi idishlarni to‘ldirish va bo‘shatish bolalarni o‘lchov va taqqoslash tushunchalari bilan tanishtiradi. Qurilish bloklari bilan harakatlarni o‘zlashtirishda bolalar quyidagi tushunchalarni o‘zlashtiradilar:
- O‘lchami, shakli, vazni, balandligi, qalinligi, maydoni, yo‘nalishi;
- Muvozanat, balans, barqarorlik;
- O‘lchash, hisoblash, o‘xshashlik, farq,tenglik;
- Muammolarni hal qilish.
- Ijodiy tasavvur va tafakkur.
San’at markazi: Badiiy faoliyat o‘zaro bir xil moslikni mustahkamlash imkoniyatini taqdim etadi, masalan, cho‘tkalar — ma’lum bo‘yoq ranglari uchun, qog‘oz varaqalari — ushbu markazda faoliyat yuritadigan har bir bola uchun. Oddiy hisob-kitoblarni kiritish mumkin, masalan, agar har bir bola uchtadan rangli qalamdan foydalansa, bolalar umumiy ravishda nechta qalamga egalar? Loyihalash shakllar va namunalardan foydalangan holda geometriyani o‘z ichiga olishi mumkin.
Til va nutq markazi: aniq, sodda raqamlar va qiziqarli rasmlarni hisoblash uchun yaxshi tanlangan rasmli kitoblar to‘plami bolaning so‘z boyligini kengaytirishga yordam beradi. Bu inshootlarni nomlash, bloklarning shakli va o‘lchamlarini tavsiflash, kelajakdagi tuzilmani muhokama qilish, bu haqida aytib berish, tegishli kitoblar bilan tanishish jarayonida yuz beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sakkizta matematik tushunchalar:
O‘zaro bir xil mos tushish — bu o‘zaro bog‘liq buyumlarning bir-biriga bevosita aloqada joylashtirishni nazarda tutadi: har bir bola uchun bitta bulochka yoki har bir bola karavoti uchun bitta yostiq.
Seriyalash — bu buyumlarni tartib bilan, avval o‘lchamlari bo‘yicha (eng kichigidan boshlab eng kattasigacha), so‘ngra soni bo‘yicha joylashtirishni o‘z ichiga oladi.
Hisob — raqam va miqdorni tushunishni namoyish etish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu quyidagi savolga javob bera olishni o‘z ichiga oladi: “Bu qanday raqam?” va “Qaysi raqam keyingi keladi”.
Hisoblash — bu aniq bir misol asosida qo‘shish va ayirish jarayoni.
Tasniflash — buyumlarni ularning xususiyatlariga ko‘ra saralash qobiliyati (masalan, rangi, shakli, o‘lchamlari bo‘yicha). Bu quyidagi savolga javob berish qobiliyatini anglatadi: “Nima uchun bularning hammasi birlashtirilgan?”
O‘lchash — bu buyumdagi standart birliklar sonini topish jarayoni hisoblanadi.
Taqqoslash — o‘lchash orqali ma’lum buyum boshqasidan katta, kichik yoki unga teng ekanligini aniqlay olish ko‘nikmasi hisoblanadi.
Geometriya — fazoviy munosabatlarni o‘rganadigan fan. Kichik bolalar uchun bu obyektlarni o‘rganish, shakllarni tanib olish va takrorlanuvchi ketma-ketlikni (pattern) aniqlashni anglatadi.
Harakatdagi muntazamlik va takroriylik (pattern) — bolalarga aloqalarni, munosabatlarni ko‘rishga, umumlashtirishga va oldindan ko‘ra olishga yordam beradi. Bolalar harakatda, rangda, tovushda, joylashuvida va miqdorida muntazamlik va takrorlanuvchanlikni his qilishlari mumkin. Patternlar namunalari: tabiatda: kuz, qish, bahor, yoz; kunning vaqti — ertalab, tushdan keyin, kechqurun, kechasi .

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin