3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik loyihalash, joyihalashtiris, faoliyat turlarini, loyihalashtirishdagi kompetentligi yuzasidan ma’lumotlar berish.
3-asosiy savolning bayoni:
Mustaqil mulohaza yuritadigan, o’z faoliyati va uning natijalarini tahlil qila oladigan, ta’lim jarayonini loyihalashtira oladigan hamda modellashtira biladigan tarbiyachi qo’yilgan bu talablarning garovi hisoblanadi. Aynan shu ma’noda, bugun o’z sohasini yaxshi biladigan, erkin-ijodiy fikrlay oladigan, raqobatbardosh, shaxs tarbiyalashga qodir pedagogga, kompetentli tarbiyachiga talab oshib bormoqda.
Avval millat va mamlakat taqdiri uchun mas’ul bo’lgan shaxslarga, xususan, tarbiyachi-o’qituvchilarga xos bo’lgan bu tushunchaning mohiyatiga kirish, uni yaxshilab tushunib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha kompetentsiya (ingl. competence – qobiliyat) – har qanday faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy ko’nikma va malakaga, mahorat va iqtidorga egalik demakdir.
Kompetentlilik – ya’ni kompetentsiyaga egalik har qanday shaxsning, xususan, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining o’zi faoliyat olib borayotgan sohada samarali ish yuritishi uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma, malaka va tajribaga egaligi, ayni zamonda bu sifatlarning shaxsiy fazilatlar: yuksak madaniyatlilik, keng dunyoqarash, baland saviya, mustaqil faoliyatlar bilan uyg’unligini anglatuvchi tushunchadir.
“Kompetentlilik” atamasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Bu tushuncha ruhshunoslar fikrich har qanday mutaxassisning noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan holatlarda vaziyatga mos muloqot yo’llarini topa bilishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi usullarni qo’llay olishi, murakkab topshiriqlarni bajarishda zarur ma’lumotlardan bilgichlik bilan foydalanishi, uzluksiz ravishda o’z ustida ishlashi, bilim, ko’nikma va malakalarini izchil ravishda takomillashtirib borishini anglatadi.
Shaxs kompetentliligi odamning kundalik tirikchilik o’tkazish, kasbi bo’yicha faoliyat ko’rsatish yoxud ijtimoiy turmushda o’z o’rniga ega bo’lishga doir hayotiy muammolarni yechishga yaroqli bilim, ko’nikma, malaka va tajribalarni egallaganlik holatiga ko’ra muayyan tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi. Bu tushuncha shaxsning mustaqil bilish faoliyatidagi, ijtimoiy-fuqarolik sohasidagi, ijtimoiy-mehnat tarmog’idagi, maishiy turmushdagi va madaniy hamda dam olish sohasidagi kompetentliligi singari tarmoqlarni ham o’z ichiga qamrab oladi:
mustaqil bilish faoliyati kompetentliligi (kognitiv tarmoq). Unda mutaxassisning turli yo’llar bilan, jumladan, ta’lim muassasalaridan tashqari manbalardan bilim olish malakasini egallashi;
ijtimoiy-fuqarolik kompetentliligi (ijtimoiy tarmoq). Shaxsning fuqarolik, saylovchilik, iste’molchilik va boshqa bir qator vazifalarni bajarishi;
ijtimoiy-mehnat kompetentliligi (mehnat tarmog’i). Odamning o’z kasbiga doir mehnat bozori ma’lumotlaridan xabardor bo’lishi, undagi vaziyatni tahlil qila olishi, o’zining professional imkoniyatlarini to’g’ri baholay bilishi, o’zaro munosabatlardagi axloqiy qoidalarni hisobga olishi va amal qilishi;
maishiy kompetentlilik (oila tarmog’i). Shaxsning o’zi va oila a’zolarining salomatligi, oiladagi turmush tarzi, burchlari va vazifalari hamda boshqa oilaviy masalalarni bilishi;
madaniy va dam olish kompetentliligi (madaniy tarmoq). Odamning bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanish, o’z shaxsini madaniy-ma’naviy jihatdan rivojlantirishiga doir faoliyati nazarda tutiladi.
Bugungi ta’lim tizimi o’z ishini har bir tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim davridayoq yuqorida sanab o’tilgan kompetentlilik xususiyatlariga ega bo’lishini ko’zda tutgan holda faoliyat ko’rsatishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Har qanday soha mutaxassislariga xos bo’lgan kasbiy kompetentlilik esa – shaxs tomonidan o’z kasbiy faoliyatining samarali tashkil etilishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishini anglatadi. Kasbiy kompetentlilik mutaxassis tomonidan faqat alohida bilim, ko’nikma, malaka hamda shaxsiy sifatlarning egallanishinigina emas, balki o’ziga zarur yo’nalishlar bo’yicha integrativ bilimlar hamda harakatlarning o’zlashtirilishini ham qamrab oladi.
Ta’lim-tarbiya ishi bilan shug’ullanadigan mutaxassislarga monand kasbiy kompetentlilik tarbiyalanuvchi shaxsiga xos bo’lgan mana shu uyg’otiladigan imkoniyatlarni muvozanatdan chiqarib mahsuldor imkoniyatga aylantira olishni, odamga xos bo’lgan bor imkoniyatdan uning o’zi uchun oqilona foydalana bilishni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kasbiy kompetentlilik shaxsning biror ishni qilishga yaraydigan yashirin, ichki, ya’ni uyg’otiladigan imkoniyatining voqelikka aylantirilishi, amaliy faoliyatga tatbiq etilishi demakdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetentliligi, sodda qilib aytganda, bolalardagi mana shu uyg’otiladigan imkoniyatlarni har xil yo’llar bilan harakatga keltira olish va ulardan shaxs shakllanishi yo’lida oqilona foydalana bilishidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kasbiy kompetentliligi darajasi quyidagi:
murakkab vaziyatlar vujudga kelganda;
favqulodda vazifalarni bajarishda;
bir-biriga zid ma’lumotlardan o’rni bilan oqilona foydalanish kabi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
O’z kasbiy kompetentliligiga erishishga intilgan tarbiyachi: o’z bilimlarini izchil boyitib boradi; yangi axborotlarni o’zlashtiradi; davr talablarini chuqur anglaydi; yangi bilimlarni izlab topadi; ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi.
Keyingi paytlarda jahon ta’lim amaliyotida har qanday tarbiyalanuvchini kompetentli qilib tayyorlash asosiy vazifalardan biriga aylandi. Negaki, komponentlilik o’zida:
ta’limning intellektual va amaliy jihatlarini uyg’unlashtiradi;
o’qitish kechimida ta’lim mazmunini o’zlashtirishning standart bo’yicha qanday natijaga olib kelishini bildiruvchi ko’rsatkichlarni aks ettiradi;
shaxs faoliyati va madaniyatining bir yoki bir-biriga yaqin qator sohalarni qanchalik umumlashtirganligini namoyish etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari ham ta’limning dunyo miqyosidagi talablarga moslashgan holda professional kompetentlilikka ega bo’lishlari zamirida pedagogik faoliyat va bolalar bilan muloqotda, ta’lim-tarbiya jarayonida muntazam ravishda yuqori natijalarga erishishlari maqsadga muvofiqdir. Kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan shug’ullanadigan tarbiyachining kasbiy kompetentliligi – ijodiy intellektining ortib borishi, o’z sohasidagi innovatsiyalarni o’zlashtirishga moyilligi, o’zgaruvchan pedagogik vaziyatlarga moslashuvchanligi bilan ham belgilanadi. Pedagogning kasbiy kompetentlilik darajasi to’g’ridan-to’g’ri jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |