Metod-biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidaniborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb, bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, bog’chada o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo’llaniladi. Usul - nima? Bu biror narsani, hodisani, jarayonni amalga oshirish tartibi. Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni, ya’ni o’qituvchining, o’quvchining faoliyati bilan uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langanligi bilan ajralib turadi.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyatni loyihalashning ahamiyati, bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim, o’yinli texnologiyalar, ta’limning individuallashtirish texnologiyasi, interfaol ta’lim, muammoli ta’lim, loyihali ta’lim texnologiyalarini maktabgacha ta’lim jarayoniga qo‘llanilishi va uning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
2-asosiy savolning bayoni: Hozirgi kunda maktabgacha ta’limda M.Montessori sistemasi va IMEN texnologiya deb tan olingandir. Bu pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda hozirgi kunda bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyalari – bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim, o’yinli texnologiyalar, ta’limning individuallashtirish texnologiyasi, interfaol ta’lim (bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar), muammoli ta’lim, loyihali ta’lim texnologiyalari maktabgacha ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. Bu pedagogik texnologiyalardan foydalanishda bolalar yoshiga, ularning individual xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Masalan, bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyalari. "Bolani qo’llab-quvvatlash" deganda nimani tushunasiz? Bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyasi har bir ta’lim oluvchining individual xususiyatlariga mos keluvchi usullar va vositalarni izlab topishga harakat qilishdir. Buning uchun psixodiagnostika usullaridan foydalaniladi, bolalar faoliyatini turlicha tashkillaydilar, har xil o’qitish vositalarini qo’llaydilar, ta’lim mazmuniga o’zgartirishlar kiritadilar. Shaxsni qo’llash texnologiyalari o’zini eng to’la ifodasini chet elda gumanistik psixologiya yo’nalishidagi izlanishlarda topgan. K.Rodjers agar pedagog quyidagilarni qo’llasa, u guruhda shaxsni individual rivojlanishi uchun kerakli muhitni yarata oladi deb ta’kidlaydi:
- pedagog butun ta’lim jarayonida bolalarga bo’lgan ishonchini namoyish etib borishi zarur;
- pedagog guruh va shaxsan har bir tarbiyalanuvchi oldida turgan maqsad va vazifalarni aniqlashga yordam berishi kerak;
- ta’lim jarayonini tashkillashda pedagog bolani ichki motivatsiyasidan kelib chiqishi kerak;
- pedagog bolalar uchun turli —tuman tajriba manbasi bo’lib, bolalar keragicha unga murojaat qilishi nazarda tutiladi;
- bu sifatda u hamma bolaga bir xil yondashishi kerak;
- pedagog guruhdagi emotsional muhitni his etib va qabul qilish malakasini oshirib borishi lozim;
- pedagog guruhdagi o’zaro fikr almashinuvini faol ishtirokchisi bo’lishi kerak;
- u o’z hissiyotlarini ochiq namoyish etadi.
- pedagog o’z — o’zini va o’z imkoniyatlarini yaxshi bilishi kerak;
”BBB” usuli. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.”FSMU” usuli. O’tilgan mavzuni umumlashtirish. Pedagogik texnologiyalarni mukammal bilishimiz va ulardan amaliyotda maromiga yetkazib qo’llay olishimiz juda muhim.
Masalan, bolalar individual psixologik xususiyatlariga ko’ra har xil bo’ladi, lekin ta’lim-tarbiya bitta dastur asosida olib boriladi, bitta dastur asosida olib borilar ekan deb, hamma boladan bir xil natijani talab qilishimiz to’g’ri emas, qaysidir bola ba’zi narsalarni oldinroq o’rgansa, ba’zilari keyinroq o’rganadi, kimdir amaliy bajarib tez o’rgansa, kimdir boshqaning bajarganini ko’rib tez o’rganib oladi. Shu sababli bolalar bilan ishlayotganimizda ularga individual tarzda munosabatda bo’lishimiz, har bir bolaning yutug’ini ko’ra olishimiz va rag’batlantirishimiz, ularning yanada kuchli ishtiyoq bilan o’z ustida ishlashiga turtki bo’ladi.
Pedagogik texnologiyalarda didaktik o’yinlar texnologiyalari bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular bolalar shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtiroklarida aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan bolalarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda.
Didaktik o’yinlar tarbiyalanuvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o’rgatish, nutq o’stirish, til o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi. Didaktik o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni funktsional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega. O’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo’ldi.
O‘tgan asrning 60-yillari boshidan AQShda so’ngra boshqa g’arb mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar.
Didaktik o’yinlarning yana bir turi-aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarni qo’yidagicha yechishga asoslanadi;
-muammoli vaziyat yaratish;
-g’oyalarni shakllantirish;
-eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baholash va tanlash.
Guruh ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni echish bo’yicha iloji boricha ko’p, ba’zan, batamom kutilmagan g’oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg’uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o’quvchilarning belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o’quvchilarning tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi asosiy omil hisoblanadi.