Metod - grekcha metodos so’zidan olingan bo’lib tatbiq qilaman, yo’naltiraman, ilmiy asoslayman degan ma’noni anglatsa, metodika - grekcha so’z bo’lib tushuntirishning yangi yo’lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma’noni anglatadi. Metodis olimlarimiz metodika fanini turlicha ta’riflaydilar biroq, ta’riflarning umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e’tirof etish mumkin.
Metodika- biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasidir (1-ta’rif).
Metodika- o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat (2-ta’rif).
Metodika - fani ma’lum o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan,tillarmetodikasi, arfmetikametodikasi kabi alohida metodikalarga ajraladi. (3-ta’rif).
Metodika - o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig’indisidir. O’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta’rif).
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi.
Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha:
O’qitish metodi uch xil. 1. An’anaviy metod (sakkiz qismga bo’linadi). 2. No’ananaviy metod (o’n qismga bo’linadi). 3. Umumiy o’qitish metodi (olti qismga bo’linadi). Jami 24 ta o’qitish metodikasi bor.
An’anaviy ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o’qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko’proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalardamaqsad, mazmun, sifat va variantli yo’naltiruvchi tomonlari ko’proq ifodalanadi.
Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo’llash mumkinligi bilan juda ham individual bo’lgan metoddan farq qiladi.