2. “Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning
ahamiyati.
1932-yil - Bolalar bog'chasi programmasini dastlabki loyihasi ishlab chiqildi. Bu
bolalar bog'chasi ishini tartibga solishga, tarbiyachi faoliyatiga yo'nalish va
mazmun berishga yordam beradi.
1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog'chasi ichki tartib qoidalari
nashr ettirildi, unda bolalar muassasa-sidagi bolalar hayotini mazmunli va
qiziqarli tashkil etish ma- salalariga e'tibor qaratilgan edi. Programmada
ijtimoiy, jismoniy, rasm, loy, mehnat, nutq o'stirish, kitob va rasmlar bi-lan
mashg'ulotlar, dastlabki matematik tasawurlarni rivojlan-tirish, savod chiqarish
bo'limlari mavjud edi, biroq unda mu-rakkab bilish materiallarining
kiritilmaganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik
jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan edi.
1938-yil - Bolalar bog'chasining tarbiyachisi uchun qo'llanma nashr etildi.
Ushbu qo'llanmada bolalarni tarbi-yalash vazifalari, bolalarning yosh
xususiyatlariga mos ravishda, tarbiyaning ayrim bo'limlari - jismoniy, aqliy,
axloqiy tarbiyalash masalalari yetarli o'z vazifasini topdi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta'lim berish vazifalariga ilmiy asosda yon- dashildi. Shuning
uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari ham qo'llanmada o'z aksini topdi.
1953-yil - Bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv munosabat bilan
qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim
mundarijasi aniq yoritib berildi.
1959-yiI - Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha
yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash
choralari
to'g'risidagiqarori
qabul
qilinadi.
Unda
mahalliy
sharoit
va
imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bolalar"
bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasasi qilib birlashtirish va
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish
belgilandi.
1964-yil - Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk
yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo'lgan davrlarda olib boriladigan
ta'lim - tarbiya ishlari yoritib berildi.
1972-yil - Maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi "Bolalar bog'chasida tarbiya
programmasi bilan ishlashga o'tkazish to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan
yangi programma qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalari-
aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar ro'yxati va
haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning
rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoliyatining boshlang'ich formalarini egallash,
tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi.
1978-1980-yilIar
-
Bolalar
bog'chasida
ta'lim-tarbiya
prog-rammasi
takomillashtirildi va qayta nashr etildi.
1980-1999-yillar - Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya pro- grammasining bir
necha bor takomillashtirish jarayonlari bo'lib o'tdi. Mustaqilligimizning ilk
mevasi bo'lgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" dasturi qabul qilindi. Unda
bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch
asosiy: ma'naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo'nalishlari belgilab berildi.
2010-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligi tomonidan
"Bolajon" tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi.
2018-yiI - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan
"Ilk qadam" o'quv dasturi qabul qilindi
“ILK QADAM" DAVLAT O'QUV DASTURI
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish
borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat
bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-
tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning
keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe- tensiyalari belgilab berilgan3,
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar-cha maktabgacha ta'lim
muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy
manba bo'lib xizmat qiladi
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;maktabgacha ta'lim sohasida xizmat
ko'rsatuvchi
nodavlat
muassasalari;maktabgacha
guruhlarga
ega
bo'lgan
«Mehribonlik» bolalar uylari;maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat
qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM davlat o'quv
dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat
hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomoni-dan tasdiqlangan
variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'limmuassasasining ishchi o'quv dasturi
muassasa pedagoglari to-monidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va
amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Davlat o'quv dasturida MTMning quyidagi maqsad va vazi-falari belgilab berilgan:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlanishiga oid Davlat ta-lablari asosida hamda Davlat o'quv
dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay
shart- sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoli-yatini tashkil qilish va
amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar
berishni tashkil etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni
tashkil qilish va amalga oshirish.
II bob - MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u
quyidagilarni:
- MTM ta'lim jarayonining maqsadlari
- MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
- Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
- Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati
- Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va ta-moyillari aks
ettirilgan bo'lib:
- O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar
yaratishdan iboratdir.
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyat- larini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning
harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash;
o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga
hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati.
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni
qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun
maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi
rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning
rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim
muassasasi ota-onalar bilan o'zaro ham-korlikning quyidagi shakllarini tashkil
qilishi mumkin:ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi
fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; ota-onalarni o'quv-
tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab-
quvvatlash.
Ill bob - Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta'lim sohasini o'z ichiga oladi.
«Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi
kompetensiyalari«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Nutq,
muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompe-tensiyalari
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari«Ijodiy rivojlanish»
sohasi kompetensiyalariMaktabgacha yoshdagi (6-7 yosh] bolaning umumiy
muhim kompetensiyalari
- Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlan-ish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi
shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
- Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko'nikmasi.
- O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,
bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos
hisoblanadi.
- Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish
mahorati.
- Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish.
VI - O'quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O'zbekiston Respublikasidagi barcha
MTMlarda tashkil etiladigan o'quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarini
o'z ichiga oladi.
Bunda MTMlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik
mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga
oshirish yoritib beriladi.
O'quv-tarbiyaviy faoliyat «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi
bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
V bob Bolaning rivojlanish sohalari bo'yicha yutuqlari MTM pedagoglari
tomonidan bolaning rivojlanishini kuzatib borishxaritasi yiliga uch marta
to'ldiriladi (3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan) shuningdek, 6-7
yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi ham to'ldiriladi. Bu xarita Davlat
dasturiga muvofiq bolar rivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo'yicha
kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
VI - Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktab-gacha ta'lim
muassasasida quyidagi mazmunda:
- ko'rgazmali-rivojlantiruvchi/
- madaniy-tarixiy qadriyatlar:
- milliy va mintaqaviy an'analar;
- tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi yoritiladi;
VII bob Ilovalarni o'z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo'llashning mazmun
va mohiyati yoritib beriladi.
Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachi-lar (mutaxassislar)
O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid
Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng
maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo'llarini
belgilaydi.
Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi:maqsadli - bu tushuntirish xati
hamda dastur o'zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o'z ichiga
oladigan bo'lim;
mazmunli - bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalov- chi va bolalar
shaxsining to'laqonli rivojlanishini ta'minlovchi bo'lim;
tashkiliy - bu Dasturning moddiy-texnik ta'minoti ta'rifini, ta'lim va tarbiyaning
metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini,
shuningdek, tadbirlar,
bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o'z ichiga oluvchi bo'lim.«Ilk qadam» dastur
nomining falsafiy mazmuni - bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi
muvaffaqiyat, go'zallik,yaxshilik, samimiylik - milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari.
Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor
me’yorlari, san'atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar
bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan.
"Ilkqadam” dasturiga binoan maktabgacha ta'lim muassasasining turli yosh
guruhlaridagi: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish-yasash,
konstruksiyalash+matematika», «San’at» «Syujet-rolli o'yinlar va
sahnalashtirish» faollik markazlari, bolalarni dialogik va monologik nutqini
rivojlantirishga, jamoa bo'lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl
va vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san'at va madaniyatga
qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan.Bu boradagi kuzatishlar va
ularning tahlili, katta yutuqlar bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqlashga
va asosli ba'zi taklif lar kiritishga bizga imkon berdi.
|