“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”


 “Ilk qadam” dasturi asosida Pedagogik jarayonni



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix16.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#88294
1   2   3   4   5   6
3. “Ilk qadam” dasturi asosida Pedagogik jarayonni 
rejalashtirish vazifalari
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish
pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir. 
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita,
ishning usul va metodlarini ko'rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga
oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.Maktabgacha pedagogika
maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini
ta’kidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va 
tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi.
Rivojlanishning asosiy omiii bo'lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy
malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga 
oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning 
maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini 
ta'minlashdir.Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi 
rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi, 
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va
ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra 
pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolala^hayoti, faoliyat turlari, 
rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan 
foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak. 
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish 
murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi
to'g'risidagi bilimlarni,ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va 
usullarini bilishni taqozo etadi. 
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarigaoldindanpuxta 
tayyorgarlik ko'rish metod vausullarni yaxshilab o'ylab olish, kerakli material va 
jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har 
bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim.
Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo'lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga 
o'zgarishlar kiritish mumkin.Shuning uchun MTMda bir-birini to'ldiradigan bir 
necha xil reja tuziladi: 


MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik
reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar 
muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi. 
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad 
bolalar bilan olib boriladigan ta'lim- tarbiya ishlarini tartibga solish va uning
ma'lum maqsadgaqaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda 
ta'lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo'limlari o'z aksini topadi.Istiqbol rejasida
dasturning hamma bo'limlari bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ta'lim-
tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha 
belgilab chiqiladi. 
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim-
tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning
rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish 
sharoiti hisobga olinadi.Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni 
egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to'g'risida
umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni 
o'stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi 
va boshqalar kiradi. 
Kichik yoshdagi bolalar uchun to‘g’ri keladigan o‘quv rejasi qanday tarzda
bo'lishi kerakligi hali hamon turli xil mulohazalarga olib kelmoqda, biroq 
shunisi aniq bo‘lmoqdaki, natijaning soddalashtirilgan choralari, faqat qisqa mudat 
ichida o‘sishga qaratilgan bilim va uddalay olishlik kompitentlari, masalani
jiddiy tarzda baholay olmayapti. 
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning 
asosiy garovidir.Pedagog va psixolog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot 
ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni egallashi ma'lum 
yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi. 
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay, bolani har tomonlama
rivojlantirishga erishmog'i zarur.
Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi va keyingi
guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan,
dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida 
bolalarni hayvonlar, o'simliklar va shunga o'xshashlar to'g'risidagi eng oddiy bilim 
va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.O'rta guruhda dastur 
bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-
hodisalarga nisbatan qiziqishini o'stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va 


tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va
buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish
bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar,
voqea- hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini,
ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim 
vazifasidir.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o'zi yetarli
emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojiantirish yo'llarini yaxshi
bilish, bolaning bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har 
xilligini ham e'tiborga olish kerak. 
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning 
metodik qo'Ilanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga 
o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. 
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat
tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti- vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil
qilib borishlari lozim.
Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati 
hisoblanadi. 
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha
turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyatva mashg'ulot orqali amalga oshiriladi.
Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi.
Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi.
Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy faoliyati ham 
tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin olishi lozim. 
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol
shaxs bo'lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi. 
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarda quyidagilar rejalashtiriladi: 
1. Bolalarning og'zaki nutqini tuzatish va rivojiantirish: 
a) kitoblar, o'yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o'tkazgani, uning oila
a'zolari - ota-onasi, opa-singlisi, aka- ukasi va shunga o'xshashlar to'g'risida 
jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o'tkazish; 
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko'rish; 


v) she'rlarni takrorlash; 
g) to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish, nutqning grammatik tuzilishini 
shakllantiruvchi didaktik o'yinlar; 
d) tovushlarni to'g'rilash bo'yicha yakka tartibda shug'ullanish. 
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo'yicha 
didaktik o'yinlarni rejalashtirish (kichik va o'rta guruhlarda). 
3. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil 
shug'ullanishlari uchun plastilin, bo'yoqlar, qalamlar, bo'yashlari uchun rasmli
kitobchalar va o'zlarining chizgan rasmlari beriladi. 
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o'yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar,
idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo'g'irchoqlar beriladi. 
5. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o'rgatish bo'yicha yakka tartibdagi
ishlar rejalashtiriladi, masalan,kichkina guruhda dastro'molchadan
foydalanishga o'rgatish bo'yicha didaktik o'yin o'tkaziladi., 
6. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish 
kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi. 
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash reja-lashtiriladi. 
8. Bolalarning o'yin faoliyatlari rejalashtiriladi: 
a) qurilish o'yinlari rol, syujet bilan bog'liq qurilish o'yinlari rejalashtiriladi; 
b) syujetli-rolli o'yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o'xshash 
o'yinlar rejalashtiriladi; 
v) stol usti bosma didaktik o'yinlari, so'zli buyumlar bilan o'ynaladigan
didaktik o'yinlar, ermak o'yinlar, xorovod o'yinlar, xalq didaktik o'yinlari
rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, 
vaqt, didni, nutqni o'stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va
sport o'yinlari ham rejalashtiriladi. 
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi: 
a) tabiatdagi mehnat ko'chat o'tkazish, suv sepish, o'simlik va hayvonlarni 
parvarish qilish va shu kabilar; 


b) xo'jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig'ishtirishtirish, 
kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o'simliklar bargini artish); 
v) qo'l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, somonchalar, lattalar, 
yog'och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning 
qaysi turi o'tkazilishi dasturda ko'rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat 
rejalashtiriladi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o'tkaziladigan mashg'ulotlar 
e'tiborga olinadi. Mashg'ulotda biror narsa o'qib berish rejalashtirilgan bo'lsa,
ertalabki soatda rasm ko'rish, onasi to'g'risida so'zlab berish, o'qish
rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan 
tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg'ulotlarni 
rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchimashg'ulotlar ularning olgan 
bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi 
mashg'ulotlar, 
kompleks 
mashg'ulotlar 
va 
hisobot-nazorat 
(tekshiruvchi) 
mashg'ulotlari bo'ladi. Tarbiyachi o'zining kalendar rejasiga mashg'ulotning 
nomi va dastur mazmunini yozib qo'yadi. Dastur mazmuniga mashg'ulotning 
ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va
mustahkamlash kerak bo'lgan bilim, malaka, ko'nikmalar hajmi ham yoziladi. 
Mashg'ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum hajmdagi bilimlarni
egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga
ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo'llash 
imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarning
hajmi mashg'ulotdan-mashg'ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi.
Masalan, tarbiyachi birinchi mashg'ulotdabolalarni uy hay vonlari bilan 
tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o'rganadi. Keyingi 
mashg'ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida
yangi bilimlar hosil bo'ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-
harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg'ulotda bolalar uy hayvonini odamlar 
qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o'z «minnatdorchiligini» 
qanday bildirishi to'g'risida gap boradi. 
Dastur materialini o'rganish mashg'ulotdan-mashg'ulotga mana shu izchillik 
bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni 
muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari aksariyat hollarda tarbiyachining tayyorlagan
metod va usullariga, shart-sharoitga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi
bolalarning yosh xususiyati asosan ko'rgazmali metoddan kuzatish namoyish 
qilish metodi hikoya, suhbat, tushuntirish; amaliy metod mashq o'yindan 


foydalanishni takrorlaydi.Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga 
qaratilgan yagona yo'l bo'lib, usullar yig'indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni
shartli ravishda uchta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali (ko'rsatish),
og'zaki (savol, solishtirish, she'raytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy
[topshiriq, o'yin, vaziyat usullari va boshqalar). 
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham
foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko‘p hollarda metod 
va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg'ulot vaqtida beriladigan
bilim, malaka va ko'nikmalarni bolalar yaxshi o'zlashtirib olishlari ularning 
hissiy holatini ko'tarish uchun xizmat qiladi.Tarbiyachi o'zining kalendar rejasida
mashg'ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning 
mazmunini ham ochib yozishi kerak. 
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib
qo'yish zarur. Agar tarbiyachi mashg'ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha
keltirmoqchi bo'lsa, uning mazmunini yozib qo'ygan ma'qul. Solishtirishga 
o'rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan 
foydalanish lozimligi ham yoziladi. 
Tarbiyachining mashg'ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini 
ko'rib chiqamiz. 
Tarbiyachi mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rayotganda, albatta, yosh bolaning 
tafakkuri ko'rgazmali-obrazli bo'lishini e'tiborga oladi va asosan mashg'ulotda 
ko'rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida 
kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va 
buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko'p
mashg'ulotlarda, ayniqsa, nutqni o'stirish mashg'ulotida tarbiyachining
hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo'lgan badiiy asardan, tevarak-
atrofdagi hayotdan olingan voqea-hodisalarni tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, 
obrazli qilib bayon etishidir. Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat
bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog'lash imkonini yaratadi,
shuningdek, yangi bilimlarni o'zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. Tarbiyachi
mashg'ulotlarda foydalanadigan so'zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil 
etadi, Savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini 
faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo'r berishga,
sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo'lishi zarur. 


Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash
faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini yengillashtiradi, ularning
fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo'lishiga yordam beradi. 
Mashg'ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaho aqliy 
xazinasi bo'lib, u buyumlarni yaxshiroq o'rganish va tushunishga yordam beradi. 
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko'p bo'lmaydi.
Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o'zining kalendar 
rejasida yozib qo'yadi. 
O'rta guruhda solishtirishga mo'ljallangan buyumlardagi belgilar soni ko'payadi
va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma'lum izchillikda bayon 
qilish talab etiladi. 
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko'rib turgan 
buyumlarning belgilarini sanash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda
tasavvurlaridan foydalanish ham talab etiladi. 
Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga mos bo'lib, ularning
aqliy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tarbiyachi mashg'ulotlarda o'yin usulidan keng foydalanadi, O'yin usuli 
mashg'ulotning qiziqarliroq Jozibaliroqligini ta'minlaydi, mashg'ulot jarayonida 
yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi. 
Mashg'ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga
qarab yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz 
orqada qolayotgan, diqqati tarqoq, o'ziga ishonchi yo'q yoki o'zi to'g'risida yuqori 
fikrli bolalarga ko'proq e'tibor berish kerak. 
Shunday qilib, kalendar rejaga mashg'ulotning dastur mazmuni, metodik usul
unga kerakli ko'rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash 
rejalashtiriladi. 
Sayrni rejalashtirish. 
1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi.
Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko'chani,
farroshning ishini va shunga o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab
turgan o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi.
Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob- havoni kuzatishni oldindan 
rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada 


(hafta davomida) qor yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan 
uzviy bog'liq bo'lishi kerak. 
2. Qoidali o'yinlarning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan holda rejalashtiriladi.
Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki tanish o'yinni rejalashtirish mumkin
katta guruhda ham bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida 
rejalashtirgan ma’qul. 
3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi: 
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq qilish, o'simlik 
urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar); 
b) maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qornitozalash, ay vonchani supurish, 
qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish va shunga o'xshashlar). 
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan
asosiy harakatlarni mashq qildirish, san'at, ona tilini o'rganish va boshqalar. 
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar yil fasllariga qarab
tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi;
emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga 
o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi. 
5. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va shunga o'xshashlar),
sport ermak o'yinlari (chang'i, konki,chana, velosiped va boshqalar). 
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan tashqariga
o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. 
(Masalan, bahorda mana shu o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar 
o'zgaribdi] 
7. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning
syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o'yin harakatlariga
bolalarni o'rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin
uchun olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham ko'rsatadi.
Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan 
shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o'yin
materiallarini olib chiqishlari kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi. 
Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Kunning ikkinchi yarmi ikki qismdan
iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning 
guruhdagi o'yin faoliyati rejalashtiriladi. 


Uyqudan keyingi o'yin uchun kichik guruhda - 45daqiqa,
o'rta guruhda 1 soat, katta guruhda - lsoat,
tayyorlovguruhida -1,5 soat ajratiladi. 
Syujetli-rolli o'yinlar ham rejalashtiriladi (faqat nomigina yoziladi]. Rejada,
shuningdek, stol usti bosma o'yinlari, didaktik o'yinlar ham mo'ljallanadi.
Rejaga stol usti bosma o'yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu
vaqtda dramalashtirilgan o'yinlar ham rejalashtiriladi. 
Tarbiyachi qurilish o'yinlarida o'zining qatnashishini ham rejaga yozib qo'yadi.
Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo'ljallanadi. 
Kechqurunga ko'ngil ochish o'yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir 
marta o'tkaziladi. Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kun davomida 
o'qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o'qishdan oldin "O'tgan gal 
men sizlarga nima o'qib bergan edim", deydi. Bolalar buni esga tushirib, so'zlab
berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi. 
Kunning ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin faoliyatlari tashkil
etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar 
bilan o'ynashga o'rgatish va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda 
tarbiyachining qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil etish
va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart- sharoit yaratadi. 
Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar o'yiniga rahbarligi
o'zgarib, bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o'tadi, tarbiyachi
bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari 
bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o'yinlarni ham 
rejalashtiradi. 
Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish, yirtilgan kitoblarni
ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o'yinchoqlar
yasab berish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati 
rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni ham unutmaydi.
Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish 
soatlari, musiqa eshitish va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy 
asarlarni o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha
qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi yarmida har kuni sayr 
o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi. 


Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli obyekt bilan muloqotda
bo'lish ham kalendar rejasidan o'rin egallashi kerak.Tarbiyachi bolalarning
o'zlari qiziqqan faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Reja kun davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan 
shug'ullanadigan qilib tuzilishi kerak. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin