“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#88294
1   2   3   4   5   6
 Kurs ishi maqsadi: Ilk qadam” o’quv dasturida ta'lim-tarbiya jarayoni 
rejalashtirilishi ni o`rganish. 
Kurs ishi vazifalari: Kurs ishimizda quyidagi vazifalarni amalga oshirish 
ko‘zda tutilgan: 
A)
Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishda “Ilk qadam” o’quv dasturining 
ahamiyatini ilmiy adabiyotlardan o‘rganish.
B
Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishda “Ilk qadam” o’quv dasturining 
ahamiyati asosida ta`lim- tarbiya ishlarini rejalashtirish va hisobga olishni 
o`rganish 
G) Kurs ishi natijalarini tahlil qilish, tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. 
Kurs ishi ob’ekti: Ilk qadam” o’quv dasturida ta'lim-tarbiya jarayoni 
rejalashtirilishi. 
1
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси хал=ни-халк, миллатни-миллат қилишга хизмат 
этсин. - Тошкент: Ўзбекистон, 1998, 21—22-6. 


Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan 
foydalandik. 
1) Kuzatish 
2) Suhbat. 
3) Savol javob. 
4) Tajriba 
5) Bolaning maktab ta’limiga yetukligini tashxislovchi metodikalar. 
Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda , Ilk qadam” 
o’quv dasturida ta'lim-tarbiya jarayoni rejalashtirilishi ni o`rganib chiqamiz va 
tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda 
tarbiyachilar va bo`lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo`ladi. 
Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosoiy qism, xulosa va tavsiyalar, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.


1. 
Bilimlar, ko’nikma, malakalar dasturining 
yaratilish tarixi. 
Ma’lumki, bilimlar, ko'nikma/malakalar dastur ini tanlash va tuzish prinsiplari 
deganda ta'lim dasturini ishlab chiqishda didaktika amal qiladigan asosiy
qoidalar, nazariy asoslar tushuniladi. 
Shaxsning o'tmish avlodlar yaratib qoldirgan ijtimoiy-tarixiy tajribalarni
o'zlashtirish jarayonida shaxsning rivojlanishi haqida ta'limot maktabgacha
ta'lim didaktikasida ta'lim mazmunini tanlash va tuzish prinsiplarini ishlab
chiqishning metodologik asosi hisoblanadi. Bu didaktikada bola ta'lim va tarbiya
olish jarayonida kamol topadi degan qoidaning qaror topishi barcha yosh
davrlaridagi bolalarga mo'ljallangan bilimlar mazmunini tanlash prinsiplarini
ishlab chiqishni dolzarb muammo qilib qo'ydi. 
Mazkur muammoni ishlab chiqishda L.S.Vigotskiy,L. S. Rubinshteyn, V.V. 
Davidov, LYa.Lerner, L.V.Zankov, A.RUsova, A.M.Leushina va boshqa
pedagog va psixologlar katta hissa qo'shdilar. 
XX asrning 30-60 yillari mobaynida maktabgacha ta'lim di- daktikasida 
bilimlarning tabiati, o'quv dasturlarini tanlash va tuzish prinsiplari haqidagi
masalalar bahsli masala bo'lib kelgan. 
Mazkur masala bo'yicha ikki xil qarashlar nuqtayi nazar mavjud bo'lib: 
- Maktabgacha yoshdagi bola fanlar, obyektlar, voqelikning turli jihatlari haqidagi
bilimlarni egallashga qodir emas deb hisoblab, maktabgacha yoshdagi bolaga
bir-biriga aloqasi va bog'liqligi bo'lmagan yorqin, emotsional ahamiyatga ega 
bo'lgan alohida kam uchraydigan tasavvurlar, taassurotlargina tushunarli, dasturi 
yorqin, biron o'zaro bog'lanmagan tasvirlar ro'yxatidan iborat bo'lmog'i lozim
deb ta'kidladilar. Biroq bu prinsipda bola dasturda ko'rsatilgan muayyan buyum, 
obyektlar haqida qanday bilimlarga ega bo'lishi masalasi qo'yilmagan, bilimlar
mazmuni faqat buyumning rangi, hajmi, shaklini ko'rsatish bilan cheklangan, 
bilimlar murakkabligi faqat miqdoriy jihatlarni ko'rsatib bergan edi. Bu dastur 
mazmuni va mohiyatini olib bera olmagan. 
- Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari L.S.Vigodskiyning "Katta maktabgacha 
yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yo'lga qo'ya oladilar va ayrim bilimlar tizimini 
o'zlashtirishga qodir" 
- degan fikrga tayanib, maktabgacha ta'lim dasturi maktabgacha yoshdagi 
bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va ularni maktabda o'quv fanlarni 


o'zlashtirishga tayyorlaydigan maqbul bir tizim bo'yicha tuzilishi zarur degan 
qarashni ilgari surdilar. Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash va 
tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi. 
Bilimlar dasturi o'zida quyidagilarni: 
- Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo'nalish bilan ifodalanishi (mehnat, 
materiallar, mashinalar haqida bilimlar), hodisalarning obyektiv aloqasini o'zida 
aks ettirishi; 
- Buyumlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aks ettirishi kerak edi.Bilimlar dasturini 
ishlab chiqishdaYe.I.Tixeeva vaA.P.Usovalar katta hissa qo'shdilar. 
Ye.I.Tixeeva - bolalar bog'chasi uchun bilimlar dasturini ishlab chiqdi. Unda 
ijtimoiy hodisalar, tabiat va uning obyektlari va voqealar bilimlarni kiritdi. U 
bilimlar mazmunini tizimlashtirib, tarqoq obyektlarning o'xshashligiga ko'ra 
guruhlar-ga birlashtirish zarur degan g'oyani ilgari surdi (uy hay vonlari, 
hashoratlar, transport va boshqalar). 
A.P.Usova - bilimlar dasturi o'z ichiga ilmiy bilimlarni olish kerak degan 
g'oyani ilgari surdi. Mazmunli, ilmiy bilimlar tushunchalar zamirida yotadi. Bu 
tushunchalarni o'zlashtirish, o'zlashtirganda ham qaysilarini o'zlashtirish
muhimligi masalasiga esa A.V.Zaporojes, N.N.Podd'yakovlar o'z asarlari orqali
yoritib bordilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar agar buyumlar
ko'rgazmasi namoyish etilsa, ilmiy bilimlarga xos bo'lgan fanlararo muhim
aloqani o'rnata olishga qodir ekanliklarini isbotlab berdilar. Bu ilmiy
qoidadan (A.M.Musina,
K.P.Nazarenko, V.I.Loginova, P.G.Samorukova, I.A.Xaydurova va boshqa 
olimlar o'z tadqiqotlarida foydalanadilar).Shunday qilib, maktabgacha tarbiya 
pedagogikasida olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida bilimlar, ko'nikmalar, 
malakalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi. 
Bilimlar dasturini tuzish quyidagi tamoyillarga asoslanadi. 
- Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot bilan aloqa- dorligi prinsipi; 
- Bilimlarning ilmiylik prinsipi; 
- Bilimlarning tizimlilik pritsipi; 
- Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalishi prinsipi; 
- Bilimlar ko'nikmalar mazmunida har tomonlamalik, uyg'unlik prinsipi; 


- Tushunarlilik prinsipi. 
1. Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot biron alo- qadorligi prinsipida
- maktabgacha ta'lim muassasasigamo'ljallangan bilimlar, ko'nikma,
malakalarni dastur uchun tanlashga umumiy yondashishni belgilovchi asosiy 
prinsipdir. Mazkur prinsipda bolaning mavjud hayotini keng tushunishga
erishishni, uning dunyoqarashini maishiy ehtiyojlar doirasida cheklayotgan,
tengdoshlaridan orqaga surayotgan to'siqlarni bartaraf etish talab qilinadi. Hayot 
bilan aloqadorlik: 
- Bu uni ijtimoiy jihatdan juda ahamiyatga molik va g'oyaviy ko'tarinkilik ruhida 
ko'rsatishdirki, ular bolani kattalar dunyo- siga (mehnat va ishlab chiqarishdagi) 
olib kiradi. Hayot, amali- yot, bilim aloqadorlik dasturiga muayyan ko'nikmalar 
doirasini kiritishni taqozo qildi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar egallashi mumkin bo'lgan ko'nikmalar: 
- Atrof-muhit haqidagi bilimlar asosida o'zlashtirildi 
- Turli faoliyatlarda o'zlashtiriladigan ko'nikmalar (o'yin, mehnat, mustaqil 
shug'ullanish, o'zaro munosabatlar) 
Bu prinsip - maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy yaqin istiqboli
sifatidagi bilimlar, ko'nikmalarning bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashga oid 
yo'nalishni talab etadi. 
II. Bilimlarning ilmiylik prinsipi - ilmiy bilimlar, qonuniyat- lar, nazariya ilmiy 
bilimlarning o'quv faoliyatidagi o'rnini yoritib beradi. Bu ikki yo'nalishda 
voqelikni qanday ko'rsa, shunday ko'rsatishni, ya'ni dastur ishonarli dalil,
hodisalarni kiritishni talab qiladi. Dalillar va hodisalarni rivojlantirishda o'zaro
aloqa yorqin ko'rinishlarda talab qilib, bilish dialektikasi holatlariga mos 
keladi. Dalil va hodisalarning sabablarini ochish qaror topgan umumiy qarashlarga, 
tushunchalar mazmuniga muvofiq kelishi, voqelikning juda muhim ko'rinishlarini 
aniqlab berishi lozim. 
Ilmiylik prinsipi - mehnat faoliyatining mazmun-mohiyati, tabiat haqidagi 
bilimlarni tanlashda muhim hisoblanadi. 
III. Bilimlarning tizimiylik prinsipi - bu ilmiylik prinsipi bilan uzviy bog'liqdir. U
bilimlar tuzilishini, tabiatini belgilaydi.


Ilmiy bilimlar tabiatiga ko'ra muayyan ko'rinishga ega bo'lib, bu bilimlar
mazmuni bilan bog'liqdir. Tizimlilikda buyumlaryoki hodisalarni biror-bir
o'ziga xos yoki muhim xususiyatlariga ko'ra birlashtirish, guruhlashtirish, 
turkumlashni bildiradi. Zamonaviy ilmiy bilimlar har bir bilish obyektini boshqa
obyektlar bilan aloqador yaxlit tizim sifatida tatbiq etadi. Bu jarayon mantiqiy 
ketma-ketlik asosida ish olib borishga o'rgatadi va ko'p bosqichli bog'lanishiga ega 
bo'lgan elementlar, tizimlar orasidagi qonuniy munosabatni belgilash va bilimlarni 
egallash uzviyligini, uzluksizligini ta'minlashni amalga oshiradi. 
IV. Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalish prinsipi - ushbu
prinsip dasturga voqelikka munosabatini shakllantiradigan ko'nikmalar tizimini
(bilimga, mehnatga oid) rivojlantiradigan bilimlarni kiritishni talab qiladi. 
Voqelikka to'g'ri ongli munosabatda bo'lish, biror-bir ish harakat va hodisalarning 
mohiyatini tushunish, faqatgina atrof- muhit haqidagi bilimlar asosida
rivojlanadi. (V.V.Davidov, N.N.Podd'yakov, A.M.Leushina, V.I.Loginova, 
I.A.Xaydurova va boshqalar). 
Bilimlarning tarbiyalovchilik yo'nalishi ularning maqsadga muvofiq tanlanishi,
jamiyatimizning milliy istiqlol g'oyalarining aniq mazmuni va asoslarida 
yoritilishi ularning mohiyatini aniqlashtirilishi, bolalarga tushunarli tarzda 
yetkazilishida namoyon bo'ladi. Bunday ta'limlar bolada dunyoni tushunish
asoslarini shakli anti rgan holda uni jamiyat hayotiga olib kiradi, kattalarning 
mehnat ehtiyojlariga, ularning muno- sabatlari olamiga olib kiradi. Bu esa 
bolalarda mehnat buyumlariga, tabiatiga kattalar talabiga nisbatan to'g'ri 
munosabatni shakllantiradi. 
Bilimlarning ilmiylik prinsipi maktabgacha yoshdanoq, bo-lalarning mafkuraviy
yo'nalganligini ta'minlaydi, ular fe'l-atvorida namoyon bo'ladigan axloqiy ongni 
shakliantirishga imkon yaratadi. 
Tizimli bilimlar bolaning bilish faoliyatini rivojlanishini ta'minlaydi, ular
asosida bola yaxlit obyektni idrok etishdan, uning xususiyatlarini anglashga 
erishadi. Bunda bolaning sensor ko'nikmalari rivojlanadi. Bolada o'zaro
munosabatlarni anglab yetish pjtimoiy-hissiy], bilish jarayoni nutqiy
rivojlanish, qiyoslash, solishtirish oddiy tafakkur operatsiyalari, mantiqiy 
fikrlash rivojlantiriladi. 
V. Bilimlar, ko'nikmalar mazmunida har tomonlamalik, uyg'unlik prinsipi -
dastur mazmuniga egallanishi lozim bo'lgan bilimlarni xilma-xil ko'rinishlariga
oid ko'nikma va malakalarini tanlab olish va kiritish degan talab qo'yiladi. 


Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati xulq-atvor 
me’yorlari, san'atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, miqdoriy munosabatlar 
va boshqa bilimlarda tashkil topadi. 
Dasturga kiritilgan - ko'nikma va malakalar: 
- Insonlarning munosabatlari 
- Mehnat, tasviriy faoliyat, ko'rish, nutq faoliyatlari va boshqa ko'nikmalarni 
tanlab oladi. Bolaning ijtimoiy rivojlani 
- uning rang-barang dunyoda yashashga qodirligi, shunga muvofiq o'z fe'l-atvorini 
va faoliyatini yo'lga qo'yish 
- Bolaning bilimiga oid rivojlanish 
- Voqelikning turli sohalarga oid bilimlari 
Bu yo'nalishlar bilimlar, malakalar mazmknining uyg'unligidan dalolat beradi. 
(L.V.Vigotskiy) 
VI. Tushunarlilik prinsipi - dasturga bolalarning bilish va ijrochilik
imkomyatlarini hisobga oladigan, bu imkoniyatlarning o'sishi bilan birgalikda
murakkablashib boradigan bilim va ko'nikmalarni kiritishni talab qiladi. 
Shunga ko'ra, dasturga tasavvur shaklidagi bilimlar kiritilgan. Bunda bolada
bilishni rivojlanishi bilan tasavvurlarning tabiatiga qo'shiladigan talablar ham
o'zgarib boradi.
Kichik guruhdan to tayyorlov guruhlargacha bolaga beriladi-gan bilimlarning 
xususiyatlari, bolalarning hissiy rivojlanishi, ko'rgazmali-obrazli bilishga o'tish, 
lozim bo'lgan yangi imkoni- yatlarga tayanishni talab qiladigan bilimlarni kiritish 
imkonini beradi, bu esa bolalarning yanada kamol topishini ta’minlaydi. 
Dasturga 
ko'nikmalarning 
kiritilishi 
bolalarning 
psixik, 
ha-rakat, 
muvofiqlashtiruvchi va boshqa imkoniyatlari bilan belgilanadi. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin