4. “Ilk qadam” dasturi orqali Ta`lim- tarbiya
ishlarini rejalashtirish mazmuni.
Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish
turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik
malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari,
bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-
onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
O'qitishning har bir bolimiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni
egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining
takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi.
Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo'lim bilan
bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa
boTimlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday
yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o'yin,
mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga
xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni,
yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylikbilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari
nazarda tutiladi.
Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash
vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash
ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va
didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.Bolalarning mehnat
faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni
tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi.
O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha bo'lishi mumkin. Tarbiyachining ish
rejasida yangi topshiriq mazmuniniqayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb
etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar
navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va
mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan
jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va
tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi,
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar
bilan bog’liq bayramlar, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga
muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va
umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari
o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish
lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks
ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi.Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik
targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta'lim muassasasining
bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim-
tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning
ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga
oshiriladi va maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada,
tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari
quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini,
mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni
nazarda tutadi.Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Ilova
Yilik reja
1. Hisobot.
2. MTMning__ yildagi asosiy o'quv vazifalari.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbirlari (tarbiyachilarning ilg'or ish
tajribalarini ommalashtirish, tarbiyachilarni metod birlashmalarga olib borish).
4. Nazariy-amaliy seminarda qatnashish.
5. MTM pedagogik jamoasi ro'yxati.
6. Pedagoglarning siyosiy ongini oshirish (Prezident farmonlari, gazeta,
Konstitutsiya).
7. Malakka oshirish rejasi (Tarbiyachining F.I.Sh., yili).
8. Pedagogik kengash (yillik rejani muhokamasi, yangi o'quv yiliga
tayyorgarlik haqida tarbiyachi hisoboti, pedagogik kadrlarni guruhlarga taqsimlash,
ochiq mashg'ulotlar tahlili).
9. Amaliy, nazariy seminar (bolalarda uchraydigan kasalliklar, aqliy
rivojlanish).
10. Tarbiyachilar uchun maslahatlar.
11. Yosh mutaxassislar bilan ishlash (F.I.Sh.).
12. Tashkiliy ishlar (ko'rik tanlovlarda qatnashish: «Yil tarbiyachisi»,
«Chaqqon ona», «Sog'lomjon, polvonjon»).
13 . yilda o'tgan tadbirlar.
14. Pedagogik jarayonni jamoa bilan kuzatish (katta guruhlarda ekologik
tarbiya).
15. MTM va maktab hamkorligi (maktabning yangi o'quv yilining
boshlanishidagi marosimida qatnashish, tayyorlov guruhlari boialarini maktab
binosi bilan tanishtirish, o'qituvchisi bilan bolalarni o'zlashtirishi haqida
suhbat; «Alifbe» bayramida qatnashish, «Xayrbog'cha, salom maktab»).
16. Kam ta’minlangan oila bolalari bilan ishlash.
17. Umumiy ota-onalar yig'ini (ota-onalar komitetini saylash, yillik ish reja
bilan tanishtirish, to'garaklar haqida).
18. Har bir yosh guruhda ota-onalar yig'ilishi.
19. Yozgi sog'lomlashtirish va tibbiy ishlar rejasi.
20. Ilg'or tajribalarni o'rganish (tarbiyachi F.I.Sh.ni
469ommalashtirish, masalan, ota-onalar bilan ishlash uslublarini o'rganish).
21. To'garaklar ish rejasi.
22.Xo'jalik-maishiy ishlar (idishlar, o'yinchoqlar, jihozlar bilan
ta'minlanganligi).
23. Sog'lom avlod dasturini amalga oshirish.
24. Ochiq eshiklar kuni: sentyabr, dekabr, aprel, iyun.
Kundalik rejaning tuzilishi
1. Ertalabki soat
1. Suhbat (mavzu).
2. O'yinlar (mavzu).
3. Mustaqil faoliyat.
4. Mehnat.
5. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash.
2. Mashg'ulotlar
1. Mashg'ulot yo'nalishi, mavzu va maqsadi.
2. Zaruriy jihoz va ko'rgazmali qurollar.
3. Mashg'ulotningborishi (tarkibiy qismlari).
3, Sayr
1. Kuzatish.
2. Harakatli o'yin.
3. Ixtiyoriy o'yinlar.
4. Mehnat.
5. Tinch o'yin.(Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o'zgarishi
mumkin)
4.Kunning2-yarmi
1. Yakka tartibda ishlash.
2. Ifodali o'qish va suhbat.
3. O'yinlar (ta'limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan).
4. Ko'ngilochar soatlar (har oyda 1-2 m arta).
5. Kechki sayr
1. Ixtiyoriy kuzatish.
2. Ixtiyoriy o'yinlar.
3. Ota-onalar bilan ishlash.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonini
rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha
murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik- fiziologik rivojlanish darajasini,
«Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari»ni
hamda u asosida yaratilgan ta'lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja
tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi
hamda taTim-tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o'ylab olish,
maqsadni aniqroq ko'rish imkonini beradi. Reja bo'lsa, tarbiyachi bugun nima ish
qilishi va qanday qilishini, qaysi qo'llanmalardan foydalanishni biladi.Ta'lim-
tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh
kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida, avvalo,
haftalik mashg'ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o'n besh
kunga mo'ljallangan badantarbiya mashqlari, ota- onalar bilan ishlash rejasi va
kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat,
mashg'ulot, sayr, kunning 2-yarmida belgilangan vazifalar to'liq yoritiladi.
Davomat daftari.
Davomat daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan
bo'lishi kerak. Kundalik davomat tarbiyachi tomonidan bolalarning soni
yozilgandan so'ng tasdiqlanadi, imzolanadi. Davomat har oyda yopiladi.
Filtr daftari.
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan,
imzolangan bo'lishi kerak.
Ota-onalar haqida ma'lumot daftari.
Patronaj daftar.
Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan,
imzolangan bo'lishi kerak.
O'z ustida ishlash daftari.
O'z ustida ishlash daftari uch yo'nalishda olib boriladi:
A] Siyosiy o'qish.
B) Yangi metodik qo'llanmlar bilan tanishib borish.
V) Ilg'or ish tajribani o'rganish.
Kichik guruh bolalarida mashg`ulotga qiziqish uyg`otish uchun bolalarni
qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi.
«Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo`g`irchoq biznikiga mehmonga
kelibda», - deb mashg`ulotni boshlash mumkun. Bolalarning narsalar va ularning
nimaga ishlatilishi to`g`risidagi tasavvurini tartibga solivchi mashg`ulot manna
shunday boshlanadi.
Katta guruhlarda qanday mashg`ulot bo`lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib
quydi. Bu bolalarning bo`lajak mashg`ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan,
mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o`tadi
va ularga rasimlarni ko`ribshni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko`rganini
eslashni taklif etadi. Bolalar bu kunni zo`r qiziqish bilan kutishadi.
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg`ulotning zarurligi va
majburiyligini tushinishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur.
Asosiy qism. Mashg`ulotda bolalarga Yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish
yuzasidan yo`l-yo`riq ko`rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam berilajdi. Bolalar
bilan bo`ladigan jamochilik munosa`atlarini alohida munosabat bilan qo`shib olib
boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi
har xil metod va usullarni qo`llaydi.
Mashg`ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkileta bilishi kerak. Bu
bolalar lodiga qo`yilgan aqliy vazifaga bog`liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish
zarurligi ko`rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash
shart emas, balki hamma bolalarni e`tibor bilan eshitib o`tirishga o`rgatish kerak.
Zarurat tug`ilsagina takrorlash mumkin.
Bog`chadagi bolalr o`qish, yozishni bilmaganligi uchun o`tilgan materialni
qaytarib mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni
mustahkamlash uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan
foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab
olinmagan material tezda esdan chiqadi.
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to`ldirib, tartibga solib boradi, bu
bolalrda bilimga qiziqish uyg`otadi vash u narsa to`g`risidagi tasavvur va
tushunchalarini chuqirlashtiradi. Mashg`ulotni dastur maqsad va bolalar yoshiga
qarab mustahkamlashning har xil usullari qo`llaniladi.
Bolalar o`zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo`lgan materil so`z orqali amalga
oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalrdan uni qanday amalga
oshirmoqchi ekanini so`z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son-
saanoqqa o`rgatishda, qurish-yasashda, rasm chizganda qanday tartib bilan
bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishini tushuntirib berishi talab
etiladi).
Mutahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy
vazifani o`z ichiga olsa, bolalrda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega
bo`ladi.
Masalan, son-sanoq mashg`ulotilda bolalr sanash materiali bilan o`zlari mashqlarni
mustaqil
bajarishadi:
tarbiyachining
topshiriqiga
qarab
narsalar
sonini
kamaytirishadi yoki ko`paytirishadi. Buning uchun o`yinchoqlardan ham
foydalanish mumkun.
Mashg`ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o`z
vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg`ulot yakka
tartibda olib boriladigan bo`lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish-
yasash, konstruktsiyalash), bolalar ishni har xil vaqitda bajarganliklari uchun
tarbiyachi mashg`ulot tugashga bir necha daqiqa qolganda mashg`ulotni tugatish
kerakligi to`g`risida ularni ogohlantiradi.
Mashg`ulotni tugatayotib, tarbiyachi o`tkaziladi mashg`ulotga yakun yasaydi:
bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg`ulotda
qatnashganini gapiradi, ba`zan kegusi mashg`ulotda nimalar o`tishlarini aytadi.
Bolalarning o`qiv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to`g`ri
baholashga bog`liq.
Qo`yilgan vazifaning bajarilshiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini
to`g`ri baholab, «to`g`ri» yoki «noto`g`ri» deyshi bola uchun oddiy maxtovdan
ancha qimmatlidir.
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga
yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg`ulotlardan keyin tarbiyachi bolalarni o`yinga taklif etadi, boshqa
mashg`ulot bo`lmasa, sayirga tayorlanishada.
Mashg`ulotda tarbiyachining bolalarga qo`yadigan talabi ularning yoshi va
imkonyatlarga mos bo`lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini enaga qarab
turadi. Tarbiyachi mashg`ulot paytida hamma bolalarning faol qatishishlariga
haraka qiladi: savolga to`g`ri javob berishlarini ko`rsatilgan narsaning nomini
aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni kuzatadi.
Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo`lishsa, dastlabki 1-2 haftada
tarbiyachi faqat xohlagan bolalar bilangina mashg`ulot o`tkazadi: bolalar yangi
sharoitni yaxshi o`zlashtirib olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan
mashg`ulot o`tkaziladi.
Dastlabki mashg`ulotlarda tarbiyachi bolalarni guruh xonasi, qo`g`irchoq va
o`yinchoqlar bilan tanishtiradi. Qo`g`irchoqar yardamida mashg`ulot o`tkazadi.
Tarbiyachi avval bolalarda mashg`ulotka qiziqish uyg`otadi, keyin esa
mashg`ulotning hamma uchun majburiy ekanligini sekin-asta bolalar ongiga
singdirib boradi.
Sekin-asts mashg`ulot bolalar xulqiga moslab murakkablashtirib boriladi. Ular
mashg`ulot paytida axloq qoidalarini egallab oladilar to`g`ri o`tirish,
chalg`imaslik, tarbiyachi va o`rtoqlarini diqqat Bilan eshitish, tarbiyachi
so`ragandagina jovob berganda o`rnidan turish,kerak bo`lsa stolning oldiga
borish va qokazolarni o`rganadilar.
Katta bolalar o`zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga osonlik bilan o`tishlari, mashg`ulot vaqtida ish joylarini ozoda
saqlashlari, rasmga qarab so`zlaganda ko`rsatkichdan foydalanishlari, jovab
berganda gavdalarini to`g`ri tutib turishlari, nutqlari tushunarli bo`lishi, etarli
darajada baland ovozda gapirishlari, to`la javob berishilari, mashg`ulotdan
keyin o`z ish joylarini yig`ishtirib qo`yishlari kerak.
Mashg`ulot paytida talabani bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerek. Bu
ikki narsa asosida shakllanadi, birinchisi tarbiyachining obro`siga asoslanilsa,
ikkinchisi ma`lum talabning rivojlanishi bilan (uqib olish va bajarish uchun
eshitish kerek, qiziqarli bajarish zarur) amalga oshiriladi. Tashqaridan qaraganda
bolalar xulqida hech qanday farq ko`rinmaydi – bu odatdagi intizomgi
bo`ysunishning natijasi, ikkinchidan, bu o`quv faoliyati rivojlanganligining belgisi,
ta`limning ta`siridir.
Mashg`ulotda axloq qoidalariga rioya qilish bolalarni maktabga tayyorlashda katta
ahamiyatga ega bo`lib, maktab ta`limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy- axloqiy
qisim hisoblanadi.
Mashg`ulotning sifativa uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik
ko`rganiga bog`liq. Mashg`ulotga tayyorlanish mazmuniga quydagilar kiradi:
mashg`ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo`yish, bolalarni
mashg`ulotga tayyorlash.
Tarbiyachi bir bo`limdan bitta emas, balki butun bir mashg`ulotlar sistemasini
rejalashtirgandagina ma`lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: «Kiyim qanday
tikiladi?» mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg`ulotlarni belgilab chiqadi:
kiyimni qanday tikish to`g`risida gapiradi va tikish uchun kerakli narsajlarni
ko`rsatadi; yaqinroqdagi atel`ega ekuskursiyaga boriladi, gazlamalar to`g`risida
suhbat o`tkaziladi. Birinchi mashg`ulotda bolalarning tikish va kiyish to`g`risidagi
bilimlari aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo`ladigan
boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko`rsatib, gapirib
beradi, qisman tikish jarayonini ko`rsatadi.
Ikkinchi mashg`ulotda bolalar atel`edagi asbob-anjomlarni, tikuvchilarning ish
jarayonini
kuzatishadi,
texnik
moslamalar
(elektr
tikuo`
mashinalari,
dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishiadi va qanday
kiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinichi mashg`ulotda bolalar har xil matodan
tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir-biridan farqlashga o`rgatiladi.
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg`ulot mazmunini konkretlashtiradi, bajarish
usullarini tanlaydi, bunday albatta bolalarning yoshi vaimkoniyatlari e`tiborga
olinadi.
Ba`zi bir mashg`ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko`riladi va urejada ham aks
ettiriladi. Masalan, «Bizning bayram» degan mavzudagi rasm mashg`ulotlardan
oldin bolalar bilan bayramona bezatilgan ko`chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni
ko`rish, oynai jahon orqali ko`rsatilgan bayram eshittirishlari bo`yicha suhbat
o`tkazish mumkin. Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg`ulotga hissiyot
tayyorgarligini ta`minlaydi. Tarbiyachi mashg`ulotning borishini balafsil o`ylab
ko`radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi.
Masalan, yuqorida aytib o`tilgan «Kiyim qanday tikiladi?» mavzusiga oid birinchi
mashg`uotnig borishi quyidagicha bo`lishi mumkin; pedagog bolalarga bir-
birlarining kiyim-boshlarini ko`zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif
etadi. Agar 3 - 4 boladan so`ralsa, bunga 3 - 4 daqiqa kerak bo`ladi. Keyin
tarbiyachi: Kiyimlaringizni kim tikib bergan? Keyin
tarbiyachi:
«Kiyimlariningzni kim tikib bergan?», «Magazindan tayyor holda sotip olinadigan
kiyimlar qaaerda tikilishini kim biladi?», «Tikish uchun qanday buyumlar kerak?»
degan savollarni beradi. Bu savollarga javob berish ham 3 – 4 daqiqa vaqtni oladi.
Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qayshi, santimert, igna, angishvona,
tikuv mashinasini ko`zdan kechirish va har bir buyumning vazifasini so`zlab berish
taklif etiladi. Bunga 8 – 10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg`ulotning o`zida
tarbiyachi
qo`yirchog` kiyimt tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo`yicha fartukni bichib
olish, tikuv mashinasida cho`ntakni tikish, qo`lda tugmalarni qada shva tikishdagi
ketma-ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bo`nday mashqulotga 20 – 25 daqiqa
davom etadi.
Mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan
foydalanadi.
Murakkab mashg`ulotlarga tayyorgarlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda
mashg`ulotlarga mazmuni (ta`lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak
bo`lgan jiqozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar bilan olib
boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo`lsa), mashg`ulotning borishi va
tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko`rsatiladi. Mashg`ulot japayonini
bayon etib yozishda mashg`ulotning boshi va oxirida (yakun chiqadirish va keyingi
faoliya turiga o`tishadi) bolalarni uyushtirishni alohida ajra`tib ko`rsatish kerak.
Mashg`ulot muvaffaqiyatli o`tishi uchun jiqozlari o`z vaqtida tayyorlash zarur.
Ularni tanlash mashg`ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik
usullarga bog`liq.
Odatda metodika kabineida «Bolalar bog`chasida ta`lim-tarbiya dasturi» ning
hamma bo`limlari bo`yicha metodik qo`llanmalar bo`ladi. etishmaganini tarbiyachi
o`zi tayyorlaydi, ba`zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarni jalb etadi.
Mashg`ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq
emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun etarli ekanligini tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o`tkazadigan bo`lsa, u oldindan ekskursiya
o`tkaziladigan joyga borib kelishi, uchun ob`ekt tanlashi, bolalarni qanday
joydloshtirishni o`ylab qo`yishga, eng yaqin va havfsiz marshrutni tanlash kerak.
Mayda sanoq materiali, rasm mashg`uloti, applikatsiya, qurish-yasash uchun
matnriallar, she`r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo`yiladi. Masalan, kichik
guruh bolalarga ekish yoki ko`chat o`tqazishga qiziqsh uyg`otish uchun ko`karib
turgan o`simlikni ko`rsatish kerak. Buning uchun avval etishtirish zarur.
Navbatchilar mashg`ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay
g`ilib joylashtiradilar, qo`llania va materiallarni qo`yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya
va musiqa mashg`ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashtiradilar, sport
formasini kiyadilar.
Mashg`ulotlarda tarbiyachining etakchilik roli va uni o`tkazishga tayyorgarligi.
Tarbiyachi bolalar bog`chasida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g`oyaviy-
tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish
darajasi tarbiyachining g`oyaviy-siyosiy va ilim-pedagogik tayyorgariga,
jayaobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo`lgan ijodiy munosabatiga
bog`liq.
Bolaning o`qiv faoliyatiga bo`lgan munosabati ko`proq uning tarbiyachi shaxsiga
munosabati bilan belgilanadi.
Tarbiyachining o`ziga xos xususiyatlarini - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng
muhimi–bolaning ruhiyatini, yoshva o`ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini
bilishdir.
Bolalar bog`chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini
hisobga olib tuzilgan bilan har bar boladagim alohida ruhiy xususiyatning qay
vaqtda qanday na moyon bo`lishini oldindan ko`ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi
tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
Tarbiyachi o`z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi
rivojlanishi,uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, ahloqiy,
mehnat, estetik tomonidan normal tarbiyalanishi uchin yaxshi shart-sharoit
yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o`ziga xos xusuiyatlarni yaxshi bilgan
holda undagi o`ziga xos xususiyatlarni (zararli bo`lsa) yo`qota borib, bolaga
nisbatan qulay talab qo`yadi.
Tarbiyachi har bir bolaning kelajalda haqiqiy inson bo`lishiga erdam beradigan
sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya eshi davrida
tarbiyachining bolaga shaxsiy ta`siri juda katta bo`ladi. Chunki bu davrdagi
har taassurot bolaning xotrasida bir umirga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma`naviy dunesiga Kira olish tarbyachidan
zo`r kasb tayerligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo`lish – fikrlar
manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz
tarbiyachining ijodiy meg`natini tasavvur etib bo`lmaydi.
Mashg`ulotda tarbiyachi o`z ovozidan qural sifatida foydalanishi mumkin. Sekin,
tinch ovoz bolaga yaxshiroq tas`ir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga
qattiraqroq va qat`iy gapirish mumkin, ammo bunda so`z ohangi bolaga
tinichlantiruvchi ta`sir etishi lozim.
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqieti asosi bo`lgan jismoniy
rivojlanishiga aolhida e`tibor berishi lozim.
Bolaning ko`p vaqt harakatsiz o`tirishi uning sog`lig`i uchun juda zararli, u
bolaning har tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi.
Bolaning ko`p harakatlarni o`tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto`g`ri
o`sishiga olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirb borish
muvofiqdir.
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch,qunoq muhitni tashkil
elish lozim. Bolani: «Tezroq yuvininglar-nonushtaga kech qolyapmiz»,
«O`yinchoqni tezraq yig`ishtiringlar,sayrga yoki mashg`ulotga kech
qolyapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta`lim berganda uni shuday tashkil etishi kerakki, har bir faol ishlasin va hai
biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg`ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida
qo`llanilishi mumkin. Bolalar olgan bilimlarini qo`llay olishlari ularning yaxish
o`zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya`ni ular hesh qanday kiyinchiliksiz bu
bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta`limning amaliy ahamiyati ham ana
shundan iboratdir.
Agar bolalar etarlicha bilim va malakalarga era bo`lsa, ular bilan xilma-xil
mashg`ulotlar o`tkazish mumkin, bu mashg`ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan
ijodiy foydalanishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qurish yoki
yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu mashg`ulotlar odatdagi
mashg`uoltlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil
materiallar beriladi va ularga rasm mavzusini o`zi belgilash, qurilishni o`zi
o`ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yaratiladi. Bunday mashg`ulotlar
dastuning ayrim bo`limlari bo`yicha tal`limning yakunlovchi bosqichlarida
o`tkaziladi.
Ekskursiya bolalarga ta`lim berishning maxsus shaklidir. Mashg`ulotdagi kabi
ekskusiyada ham dastur mazmuni bilan bog`liq ta`lim-tarbiya vazifalari qo`yiladi
va hal etiladi. Mashg`ulotda bo`lgani kabi ekursiyada ham hamma bolalar
qatnashadi. Ammo bolalar faoliyatining mazmuni, tashkil etilish shakli va
ta`lim berish sistemasiga ko`ra, ekskursiya bolalar bog`chasida ta`limni tashkil
etishning maxsus yalpi shaklidir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda
ekskusiyadan keng foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar yilning har xil fasllarila
dalaga, o`rmonga, shahar bog`lariga, o`tloqqa, suv manbalariga uyushtirilishi
mumkin. Bolalarni kattalarning turli xil mehnati, mehnat naijalari,, har xil
ijtimoiy voqea va hodisalar bilan tanishtirish uchin ham ekskursiyalar
o`tkaziladi
Ekskursiyadan ko`zlangan asosiy maqsad-bolalarning tevarak-atrofdagi hayot
to`g`risidagi tasavvur va taassurotlarini shakllantirishdir.
Shunga ko`ra ekskursiyada asosan kuzatish metodidan foydalaniladi. Ekskursiya
jarayonida tarbiyachi kuzatilayotgan ob`ekt to`g`risida bolalarga so`zlab beradi,
tushintiradi.
Ekskursiya vaqtida ba`zan rejalashtirilmagan voqea, g`odisalarni kuzatishga to`g`ri
kelib qoladi. Shuning uchun tarbiyachi ekskursiyaga oldindan puxta tayyorgarlik
ko`rishi lozim (bolalarning diqqatini kerakli ob`ektga qarata olishi, uyushqoqlik,
intizomlilikni saqlashga o`rgatishi kerak). Ekskursiya uchun mashg`ulotga nisbatan
kengroq mazmunni o`z ichiga oladigan ta`limiy vazifa belgilanadi. Ekskursiyaning
joyi, tuzilishi, metodi, undan ko`zlangan ta`lim vazifasi mazmunga qarab
belgilanadi. Ekskursiyaga tayyorlanishda uning yaqin-uzoqligi, ekskursiyada
bolalar yig`adigan narsalar, uning uchun kerakli asboblar, ularni qanday
joylashtirib olib borish oldindan puxta o`ylab rejalashtirib chiqiladi.
Bolalarda ekskursiyaga qiziqish uyg`otish uchun ularga qaerga ekskursiyaga
borishlari, undan ko`zlangan maqsad to`g`risida tarbiyachi qisqacha so`zlab beradi.
Ekskursiyaga tarbiyachi bolalar bilan birgalikda tayyorg`arlik ko`radi, olib
boriladigan jihozlar bolalar bilan birgalikda tanlanadi, joylashtiriladi va kimlar
nimani olib borishi belgilanadi, tarbiyachi bolalarga ekskursiyada o`zlarini qanday
tutishlari kerakligini eslatadi. Bunday ekskursiyalarni mazmunli tashkil etish va
uyushqoqlik bilan o`tkazishda tarbiyachining rahbarlik roli muhim ahamiyat kasb
etadi.
XULOSA
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak maktabgacha ta’lim sohasida
Quyidagilarni bajarish muhim:
- MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
- Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
- Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati
- Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan
bo'lib:
- O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar
yaratishdan iboratdir.
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o'ziga xos
rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;bola
salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning
harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash;
o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga
hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati.
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni
qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun
maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi
rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning
rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun
maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikning quyidagi
shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o'quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab-
quvvatlash kabilarni maktabgacha ta’limda rivojlantirish kerak. Ushbu dastur
maktabgacha ta’lim rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’di. Ushbu dastur
asosida qilingan ishlar natijasida maktabgacha ta’lim sohasi rivojlanib, yetuk
barkamol avlodning poydevori qo’yilishining asosi bo’ldi.
|