ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 518 www.ares.uz ko‘rish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi.
Analizatorlar bir vaqtning o‘zida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va
belgilarini aniqroq hamda to‘laroq bilish imkonini beradi. SHuning uchun katta
yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog‘idan boshlaboq aqliy jihatdan to‘g‘ri
tarbiyalash maqsadida buyumlarni ko‘proq analizatorlar yordamida idrok qilishga
imkon tug‘dirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, ya’ni bolaning sensor
madaniyatiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Bolada nutq paydo bo‘lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to‘la boshlaganda
birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini
kata yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga to‘lganda uning so‘z
zaxirasi 1200—1500 taga etadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida
gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katga yoshdagi kishilar nutqidan har
tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi.
Bolalarning aqliy jihatdan o‘sishida xotira katga ahamiyatga ega.
Bola tug‘ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U
rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga ko‘tarilib biror bir foydali ish uchun
ko‘pgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi ko‘pincha beixtiyor tarzda
bo‘ladi. SHuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida
xayol muhim rol o‘ynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida ta’lim
va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli o‘yinlar o‘ynay
boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o‘sha ertaklarga qiziqish
orqali dastlabki alomatlari paydo bo‘ladi. Ammo boladagi xayol ko‘proq aniq
vaziyatga bog‘liq bo‘ladi (masalan, qo‘g‘irchoq ko‘rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina
bo‘lsa, biror narsani tashiydi va h.k.).
Katta bog‘cha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati
murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli o‘zgarish yuz beradi.
Maktabgacha
tarbiya
yoshdagi
bolalarni
aqliy
tarbiyalash
vazifalarini
jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish mohiyati va
tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish.
2. Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-xil
usullarini rivojlantirish.
3. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
4. Aqliy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.