Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 394,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix30.11.2022
ölçüsü394,54 Kb.
#71364
1   2   3   4   5   6   7   8   9
maktabgacha-tarbiya-yoshidagi-bolalarni-maktabga-tayyorlashda-aqliy-tarbiyaning-roli

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 520 www.ares.uz 
tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi 
sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. 
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda 
muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki 
xil yo‘l bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda. 
Birinchi yo‘l — bolalarning bilim, malaka ko‘nikmalarini kattalar bilan o‘zaro 
munosabatda bo‘lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu 
kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo‘l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga 
hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi. 
Ta’limning ikkinchi yo‘li — maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus 
o‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan rejali 
ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh 
avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida 
faol qatnashish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. 
Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilar o‘z davrining nufuzli ta’lim 
maskanlarida o‘qish bilan hurmat- e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Mahmud 
Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher 
Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Saidrasul Aziziy, Muhammad SHarif 
So‘fizoda, Abdulqodir SHokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal ilm 
egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar 
yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi pedagogikada ilk bor 
chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan. 
Ya.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish 
mumkinligini ko‘rsatib berdi. YA.A. Komenskiy 19 bo‘limdan iborat maktabgacha 
ta’lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, er, havo, olov, yomg‘ir, 
qor, muz, tosh, o‘t, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astrnomiya, 
geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab 
berdi. Bolalar bog‘chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U o‘zining «Onalar maktabi» 
kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi hamda metodikasini juda 
sinchiklab ishlab chiqqan. 
Shu bilan Ya.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil 
fan sifatida shakllanishiga asos soddi. SHveysar pedagogi I.G. Pestalotssi (1746—
1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi 



Yüklə 394,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin