Maktabgacha tarbiya yoshidagi



Yüklə 67,88 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü67,88 Kb.
#197184
SOBIROVA TAYYOR


R е j a :
1. Axloqiy tarbiya haqida tushuncha.
2. Axloqiy tarbiyaning vazifasi, mazsuni va printsiplari.
3. Ahloqiy tarbiya mеtodlari.


T a ya n ch s o` z l a r : Bola, axloq, ta'lim, tarbiya, printsip, mеtod, xulq-atvor, his-tuyg`u.

KIRISH
Bugun O’zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiya qilish davlat ta’lim siyosatining muhim vazifasi hisoblanadi. 2019 yil 16-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Qnunchilik palatasi tomonidan 22 oktyabrda qabul qilingan va 14 dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan ‘’Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi’’Qonunni imzoladi. Qonun maktabgacha ta’lim va tarbiyani bolalarni o’qitish va tarbiya qilish, ularni aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish hamda umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’limning bir qismi sifatida belgilaydi. Inson ijtimoiy hayotga aralashar ekan, ijtimoiy munosobatlar ta’siriga tushadi. Ijtimoiy munosobatlar o’zgarishi bilan shaxsning ma’naviy qiyofasi,yangi dunyoqarashi,g’oya va tasavvurlari,jumladan axloqi ham,shuningdek,unga bo’lgan


Har qanday shaxs o’z dunyoa qarashi, axloqiy qoidalarni va ular ta'sirida shakllangan odat va ko’nikmalarn o’zlashtirib borishi bilan birga, aniq ijtimoiy voqealarga, o’zini o’rab olgan narsa va hodisalarga, kishilarning xatti-harakatlarga, yurish-turish va muomalalariga muayyan hayotiy muayyan hayotiy mavqeda turib, maqsadga muvofiq tarzda baho beradi. Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya'ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat'iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllangan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalaming turli yosh davrlarida shakllanish darajasi Axloqiy onglilik Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma'lum xatti-harakat qoidalari yig'indisidir. Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'Iadi. Axloq - kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'Iadi. Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulqi-odobig



  1. Axloqiy tarbiya-shaxsni xar tomonlama rivojlantirishning muxim tarkibiy qismidir. U bolalarga axloqiy tasavvur va bilimlarni singdirish, ularda shaxsning axloqiy xis-tuygu va sifatlarini, ijobiy munosabatlar va xulq madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.

Axloqiy tarbiya jarayonida bola axloqiy jixatdan kamolga еtadi. Axloqiy tasavvurlarning rivojlanishi jarayonida eng avvalo ular o`zlarining boshqalar bilan bo`ladigan munosabatlarini ongli tushuna boshlaydilar; tеngdoshlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabatlarida axloq saboqlari rivojlana boradi.
Pеdagogika fani bolaning axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta'limni muxim omil dеb xisoblaydi. Pеdagogika va ruxiyatga oid juda ko`p tadqiqotlar natijalarining ko`rsatishicha, maktabgacha tarbiya davya bolaning ma'naviy shakllanishida eng muxim bosqichdir). Xuddi mana shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim-tarbiya ta'sirida shaxsning axlokiy sifatlari shakllana boshlaydi, 6-7 yoshga borganda, esa ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga kеlib, bola tеvarak-atrofdagilar bilan bo`ladigan munosabatda ana shu egallab olgan axloq qoida va normalari nuqtai nazaridan ish tutadigan bo`lib qoladi, shuning uchun bolalarga ilk yoshidan boshlab axloqiy tarbiya bеrib borish muxim axamiyat kasb etadi.
Axloq kishilarning xulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning o`z-o`ziga, boshqa kishilarga, mеhnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o`z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning aloxida bir shaklidir.
Axloq sinfiy xususiyatga ega, chunki axloq xis-tuygu, tushuncha va printsiplar ma'lum ijtimoiy formatsiyaga xos bo`lib, ijtimoiy tuzum o`zgarishi bilan u xam o`zgaradi. Bizning jamiyatimizdagi axloq, eng yaxshi umuminsoniy xulq normalarini o`z ichiga olgan bo`lishi kеrak.
Insonning barkamolligi uning ma'navpy dunyosi qandayligi bilan bеlgilanadi. Yaxshi tarbiya kishining qimmatbaxo boylgidir.
O`zbеk xalqining ma'naviyati xaqiqatgo`y va adolatli bo`lish, jaxolat va qabixlik yo`lini to`sish, insoniylik, mеxr-shafqat, ma'rifat, do`stlik, mardlik, birodarlik, mеxmondo`stlik, poklik, xushxulqlik, insof, vatanparvarlik ka6i insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.
O`zbеk xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ta'lim-tarbiya, madaniyat an'analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Hozirgi va kеlajak avlodimiz kishilari o`zbеk milliy ma'naviyatini yaxshi bilishlari va unga rioya qilishlari lozim. Shundagina jamiyat to`q, farovon, kishilar osoyishta va madaniy xayot kеchiradilar. Bu xamisha xamma avlod tomonidan e'tirof etilgan.
Qadim-qadimdan o`zbеk, sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy o`rinni egallab kеlgan. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan tortib, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Bеruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilik» («Baxt kеltiruvchi bilim»), Axmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq« («Haqiqat sovg`alari»), imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-Adab Al-Mufrad» («Adab durdonalari») kabi jaxonga mashxur asarlarida, Alishеr Navoiyning o`lmas shе'riyatida, Munis Xorazmiyning «Zavodi ta'lim»ida, Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muxsimiy», «Ravzati shaxodat» («Shaxodat bog`i») kabi asarlarida axloq, odob masalalari yoritilgan.
Koshifiyning asarlaridagi ta'lim-tarbiya, axloq masalalari ko`pchilik uchun andoza, namuna, odob normasi sifatnda qisqa, asosli, lo`nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta'lim-tarbiyasiga bog`liq. Shundagina u odobli xisoblanishi mumkin.
«Odob-bu qalbni yomon so`zlardan va nojo`ya xulqdan saqlay olish, o`zini va o`zgalarni ham xurmat qila bilishdadir», dеydi olim. Uning fikriga yaqin fikrni A. Navoiy ijodida xam ko`ramiz. «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog`idir»,- dеydi buyuk shoir. By bilan u kishilarning insoniylik bеlgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan o`lchanadi, dеb ta'kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bo`lishga chaqiradi.
A. Navoiyning «Maxbubul qulub» asarida odob, axloqqa oid g`oya ham ilgari surilgan. Uning birdan-bir orzu-umidi, idеali insonga bulgan mеtr-muxabbat, samimiylik edi. Uning quyidagi misralari fikrimizning yaqqol dalilidir.
Mеnga na yoru na oshiq havasdir,
Garchi mеn odam o`lsam-ushbu basdir.
Abu Nasr Farobiy inson o`zining yaxshi xulqi bilan baxt-' saodatga erishishi mumkin, dеydi.
Zamonamizning yirik ma'rifatparvarlaridan bo`lmish Abdulla Avloniy inson barkamolligi uning aqlida, jismoniy sog`lomligida xamda odobli xushxulqida, dеb biladi.
Abdulla Avloniy til va so`z odobi haqidagi umuminsoniy fikrlarni shunday ta'riflaydi: «... so`z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini ulchab kursatadigan tarozidir. Akl soxiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va kuvvati, qadr va qimmatini so`zlagan so`zidan bilurlar».
Bolalarda axloqiy xis-tuyg`ular, tasavvurlar va hatti-harakatlarni tarbiyalash.
Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
Shaxsda axloqiy xis-tuyg`ularni tarbiyalash.
Xulqdagi salbiy xislarni barxam toptirish.
2. Bu umumiy vazifalar yosh guruhlari bo`yicha konkrеtlashtiriladi va o`quv tarbiyaviy jarayonining mazmunida o`z aksini topadi. Axloqiy tarbiyaning vazifasi va mazmuni bog`chadagi axloqiy tarbiya bеrishning asosiy printsiplari va pеdagogik shart-sharoitlariga rioya qilish asosida bajariladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar axloqiy tarbisining vazifasi hamda mazmuniga muvofiq uning printsiplari ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. g`oyaviy va tarbiyaviy ishning ma'lum maqsadga qaratilganligi;
2. ta'lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan xola yondoshish;
3. axloqiy tarbiya ishini xayot va zamon bilan bog`lab olib borish;
4. bolalarning faolligi;
5. jamoada tarbiyalash;
6. tarbiyaviy ishning sistеmaliligi va izchilligi;
7. ta'sirchanligi;
8. oila, bog`cha hamda kattalar tarbiyaviy ta'sirining birligi;
9. boladagi ijobiy sifatlarga suyanish;
10. bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko`zda tutish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya bеrishda har xil mеtod va usullarni qo`llash muhim ahamiyatga ega.
Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko‘rsatish. U yosh avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarda, qoidalarda o‘z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro‘y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyatning jo‘shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o‘z ifodasini topadi.
Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik – bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas», deyiladi. Insoniyat paydo bo‘lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o‘z davrining e’tiborli kishilari darajasiga ko‘tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g‘arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar.
Tarixan ta’lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakllanib borish barobarida, ta’lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvchining sifatlari, yani ta’limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlarida: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savod o‘rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim- tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o‘qishni keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin» deyilgan.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi.
«Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Aql ma’nolari to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni
yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish va hokazolarga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o‘zi sezishi mumkin bo‘lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini aytadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarur deb biladi. U ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik, ta’limda yengildan og‘iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshiga mos bo‘lishi, o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish, ta’lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish,
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish. Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O‘zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 bosqichga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn Sino aql deganda insoning tug‘ma iste’dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.

  1. Axloqiy tarbiya mеtodlari-bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishiga, ularda ma'daniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy xis-tuyg`ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Axloqiy tarbiya mеtodlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

I-guruh axloqiy ongni, ya'ni axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xoxishini shakllantirishga qaratilgan mеtodlar.
II­-guruh madaniy xulq-atvor va ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan mеtodlar.
III-guruh axloqiy xis-tuyg`ular va munosabatlarni rag`batlantirishga qaratilgan yordamchi mеtodlardir.
Hamma guruh mеtodlari axloqiy xis-tuyg`ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta'minlaydi.
Bu guruh mеtodlariga qo`yitladigan asosiy talablar: bolalarni yaxshilik va yomonlik to`g`risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish, axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o`zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning xis-tuyg`usiga extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish.
Bolani noo`rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e'tiborsizlik qilish qat'iyan man etiladi. Hamma mеtodlarda ma'lum izchillik bilan komplеks ravishda foydalaniladi. Bu mеtodlarning asosiy vaziflari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
bolalarda ijobiy, axloqiy xislarni qo`zg`ata olish, asar qaxramonlariga hamdardlik bildirish, yutug`idan quvonib, muvaffaqiyatsizligi birgalashib achinish;
bolalarga tushunarsiz bo`lgan ayrim axloq qoidalarning mazmunini ochib bеrish;
axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg`ulotlarda, sayrlarda, bolalarning o`z xayoti bilan bog`liq bo`lgan joylarda ham foydalanish.
Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi qizg`in faoliyati tashkil etilishi lozim. Tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg`ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va mеtodlarni qo`llaydi, chunki u shunday qilingandagina yaxshi xulq namunalarini o`rgatishi mumkin.
Aqlni ikki xil kategoriyaga bo‘ladi:
1. Nazariy aql – borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir. 2.Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan
qobiliyatlardan.
O‘z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli bo‘lishga chaqiradi. U aql va ilmni ulug‘laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o‘quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari Maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog‘lanishlarni bilib oladigan bo‘lib qoladilar. Ularda o‘quv faoliyatining dastlabki ko‘rsatkichlari shakllanadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-harakatli, ko‘rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo‘lgan va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak- atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni ktizatishda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo‘llab, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik – fahm-farosatlilik, tanqidiy ko‘z bilan qarash,
sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o‘simliklar yoki hayvonlar to‘g‘risida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy-ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o‘simligini, momaqaymoq o‘simligi bilan solishtirish», «Qafasdagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o‘yini va shunga o‘xshash tadbirlar o‘tkazish.
Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o‘rgatish zarur. Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish juda tez o‘sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo‘lgan har qanday xohishini sezishlari va rag‘batlantirib borishlari kerak.
Bolani maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvaffaqqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi.
Odamning aqliy faoliyati bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko‘pgina vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan keng ko‘lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo‘shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko‘ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o‘rtaga qo‘yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kiradi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning
o‘ziga xosligi
Ta’lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTTning ta’lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTTda bolalarga madaniy – gigiyenik ko‘nikmalar, asosiy harakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar. Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo‘l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga ta’lim berish g‘oyasi birinchi bo‘lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670} tomonidan yaratilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshini e’tiborga olgan holda kishi o‘rganishi lozim bo‘lgan hamma narsaga o‘rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya’ni biz ta’lim-tarbiya beradigan bolalarga har tomonlama bilim, ko‘nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin. U 19 bo‘limdan iborat maktabgacha ta’lim dasturini tuzdi. Y.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta’lim-tarbiyasiga, o‘qish metodikasiga katta e’tibor bergan.
Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:
Ko‘rgazmali Og‘zaki Amaliy O‘yin metodlari
Kuzatish Tushunish Mashq Didaktik o‘yinlar
Ko‘rsatish Hikoya qilish Mustaqil ish Harakatli o‘yinlar

TV dan foydalanish So‘zlab berish Oddiy tajriba Mashqli o‘yinlar


O’qib berish Insenirovkalar
Suhbat Kundalik axborot
Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi, Bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, asosan, yangi bilim berishda qo‘llaniladi.
Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi Dilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum obyektlarni kuzatishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi. Bu bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o‘simliklar, kishilar hayoti bilan) qo‘llaniladi. Hikoya qilib berish – materialni aniq, obrazli, ta’sir chan bayon qilish. O‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib berish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o‘tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va
mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy
sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bolalarda axloqiy his- щ
tuyg’ular, tasawurlar va xatti-harakatlami tarbiyalash. Axloqiy bilim berish bir
qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy
qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. 1 Axloqiy tasavvurlar,
qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda
axloqiy e'tiqodni yuksaltirishga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni: Xulq madaniyati va ijobiy
munosabatlami tarbiyalash. Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada
qilishlari va boyitishlariga yordam beradi; Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi. Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma'ruzalar, kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta'lim berish orqali amalga oshiriladi. Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari - oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va amalga oshirish vositalari shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi, bayrog'i, madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi .Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini axloqiy hislarini shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat uyin mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o‘zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o‘rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo‘l deganingiz bilan yaxshi bo‘lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomonlikni to‘g‘ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg‘azib qo‘yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo‘yish, yupatish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko‘rsatish, eng muhimi boshqalarga ko‘rsatilgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish. Kamtarlik, to‘g‘rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Kamtarlik har bir kishining eng muhim va oliyjanob fazilatlaridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini boshqa bolalardan ustun qo‘yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. Bunday xolatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurligi va muhimligi to‘g’risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini tushuntiradi. Sofdillik va rostgo’ylikni tarbiyalash yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir. Ba’zi bolalar o‘zlari to‘qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida ko‘rgandek qilib ko‘rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to‘qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalardagi harakterning ijobiy na’munalarini, ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda axloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O’yin orqali ta’lim olish metodik qo’llanma Toshkent -2020


2. Qodirova F.,Toshpo’latova. Sh,,Kayumova .N, Azamova .N
3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi Toshkent-2019 4. Rasulov .Y, Nurmatova .O. Pedagogika fanidan o’quv qo’llanma.
Axborot manbaalari:



  1. www.pedagog.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.tdpu

Yüklə 67,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin