Maktabgacha yosh davrida tafakkur buzilishi reja: kirish I bob maktabgacha yosh davrida tafakkur



Yüklə 49,07 Kb.
səhifə7/12
tarix12.03.2023
ölçüsü49,07 Kb.
#87495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishim

Demensiya — tafakkur buzilishining orttirilgan turi. Bunda barcha kognitiv funktsiyalar turli darajada buziladi. Uning asosiy sabablari: atеrosklеroz, Alsxaymеr kasalligi, og‘ir ensеfalopatiyalar, kraniosеrеbral jarohatlar, alkogolizm, giyohvandlik, epilеpsiya, lakunar insult. Dеmеnsiyaning еngil, o‘rta va og‘ir turlari farqlanadi. Bu kasallikning og‘irlik darajasiga qarab diqqat, idrok, xotira va fikrlash jarayoni buzilib boradi va shaxs dеgradatsiyasi rivojlanadi. Demensiya – bu kognitiv faoliyatning yo’qolishi – fikrlash, eslash va fikr yuritish – insonning kundalik hayoti va faoliyatiga xalaqit beradigan darajada. Demensiya bilan og’rigan ba’zi odamlar o’zlarining his-tuyg’ularini nazorat qila olmaydilar va ularning shaxsiyati o’zgarishi mumkin. Demensiyaning zo’ravonlik darajasi inson faoliyatiga endigina ta’sir qila boshlagan eng engil bosqichdan boshlab, inson hayotining asosiy faoliyati to’liq boshqalarga bog’liq bo’lishi kerak bo’lgan eng og’ir bosqichgacha bo’ladi. Odamlar yoshi ulg’aygan sari demensiya tez-tez uchraydi (85 va undan katta yoshdagi barcha odamlarning taxminan uchdan birida demensiyaning qandaydir shakli bo’lishi mumkin), ammo bu qarishning oddiy qismi emas . Ko’p odamlar 90 va undan keyin hech qanday demensiya belgilarisiz yashaydilar. Demensiyaning bir necha xil shakllari, jumladan Altsgeymer kasalligi mavjud. Biror kishining alomatlari turiga qarab farq qilishi mumkin.
Aqliy zaiflik rivojlanayotganligi odatda bola 2-3 yoshga yetganda ma’lum bo‘lib qoladi. Chunki bolaning nutqi 1 yoshdan keyin chiqa boshlaydi. Ota-ona bolaning o‘z tengdoshlaridan orqada qolib borayotgani, quvnoq harakatlari yo‘qligi, tili kech chiqayotganiga e’tibor qaratadi. Masalan, bola 3 yoshga yetsa ham nutqi rivojlanmay qoladi, o‘yinchoqlarga qiziqmaydi, ruhiy faolligi o‘ta sust bo‘ladi. Bunday bolalarning aksariyati jismonan nimjon ham bo‘lishadi. Oligofreniyaning og‘ir turlarida bolaning boshi kichik bo‘lib, uni tik tuta olmaydi. Bola 5-6 yoshga yetganda aqliy zaiflik belgilari yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning xatti-harakatlari 3-4 yashar bolaga o‘xshaydi, ba’zilari o‘ta qaysar, yig‘loqi va o‘jar bo‘lsa, ba’zilari o‘ta shalpaygan bo‘ladi, o‘tirgan joyidan qimirlamaydi, o‘yin-kulgili voqealarga e’tibor qilmaydi. Oligofreniyaning yengil turlarida bola gaplashadi ham, uydagi ishlarni ham bajaradi, ust-boshiga ham e’tibor qiladi, biroq aqliy faollikni talab qiluvchi ishlarda ularning kasal ekanligi bilinib qoladi. Bunday bola bog‘cha va maktabdagi oddiy topshiriqlarni bajara olmaydi, oddiy qo‘shib-ayirishlarda juda qiynaladi, o‘rtoqlaridan “garang” degan laqabni o‘zlashtirib oladi, uni tengdoshlari kalaka qilib yuradi va o‘zlariga xizmatkor qilib qo‘yishadi. Shuning uchun ham oligforeniya bilan kasallangan bola doimo o‘zidan yosh bolalar bilan o‘ynashni xush ko‘radi. Bola necha yashar bolalar bilan o‘ynashiga qarab, uning aqliy rivojlanishdan necha yil orqada qolayotganini bilish olish ham mumkin. Afsuski, ko‘p xollarda ota-onalar bola maktab yoshiga yetganda doktorma-doktor chopib yurishadi. Ko‘p hollarda bolaning aqliy rivojlanishdan orqada qolayotganligi bog‘cha opa yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan sezib qolinadi. Bunday paytlarda bog‘cha va maktabdagi psixologlar e’tiborli bo‘lishlari, bolani psixologik testlardan o‘tkazib turishlari lozim. Bola neyropsixolog yoki tibbiy psixolog ko‘rigidan o‘tkaziladi. O‘tkazilgan asab kasalliklarini aniqlash uchun nevropatolog ko‘rigi ham zarur bo‘ladi. Davolash muolajalari dori-darmonlar (glutamin kislotasi, lesitin, folat kislotasi, metionin, magniy va yod preparatlari), turli psixologik mashqlar va pedagogik usullar orqali olib boriladi. Bunday bolalar uchun turli sharoitlar yaratilgan maxsus maktablar mavjud. Ushbu maktablarda bolaning ruhiy va jismoniy salomatligini tiklash uchun maxsus pedagog va psixologlar faoliyat ko‘rsatishadi. Yaxshi natijaga erishish bir necha yillarni talab qiladi.



Yüklə 49,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin